Afrosiyob (mehmonxona)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Afrosiyob"dan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

"Afrosiyob" – 4 yulduzli mehmonxona. Samarqand shahridagi Teatr maydonida (Registon ko‘chasida) joy-lashgan. Milliy va eng zamonaviy me’-moriy uslubda qurilgan (1994, bosh me’mori M. X. Vohidov, bosh muxandis L. A. Muhamedshin). 9 qavatli, 278 xo-nasi (jami 500 o‘rinli) bor, shundan 1 xonali, 2 o‘rinli xona 206 ta, 2 kishiga mo‘ljallangan 2 xonali lyuks xonalar 13 ta, 1 xonali, 1 o‘rinli 56 ta, 4 xo-nali, 2 o‘rinli 3 ta. Bosh vestibyuli va qavatlarida dam oladigan joy (xoll), choyxona (80 o‘rinli), restoran (450 o‘rinli), banket zali (80 o‘rinli), vesti-byuldagi bar (52 o‘rinli), kechki klub (104 o‘rinli), ikki qahvaxona barlari (48 o‘rinli), "ekspress" bari (20 o‘rinli), tomosha zali (301 o‘rinli), konferensiya zali (26 kv.m), sauna, "sog‘lomlashtirish" klubi, basseyn (maydoni 240 kv.m) mavjud. "A." binosi murakkab bo‘rtma (qavariq) shaklda, bir necha qavati 20 m gacha pastlikka tushgan. Maishiy xizmat, restoran, choyxona va boshqa pastki qavatlarda joylashgan. Bezaklarida marmar, granit kabi mahalliy qurilish materiallaridan foydalanilgan. Angliyadan keltirilgan eng yangi texnika bilan jihozlangan.Habibulla Qayumov.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil