Rizoshoh Pahlaviy
Jump to navigation
Jump to search
Rizoshoh pahlaviy (1878.16.3, Mozandaron — 1944.26.7, Yoxannesburg) — Eron shohi (1925—41). Paxlaviylar sulolasi asoschisi. Dastlab Eron kazak brigadasida harbiy mansabdor. 1921 y. 21 fevralda mazkur brigada R. P. boshchiligida davlat toʻntarishi oʻtkazgan. 1921—23 yillarda harbiy vazir. 1923 y. okt. — 1925 y. dek.da bosh vazir. Qojarlar sulolasi tugatilgach, 1925 y. 12 dek.da taʼsis majlisi R.P.ni Eron shohi deb eʼlon qilgan. R. P. davrida demokratik tashkilotlar va matbuot qattiq taʼqib ostiga olingan. 30-yillarning oʻrtalaridan fashistlar Germaniyasi bilan yaqinlashish siyosatini olib borgan. Sovet va ingliz qoʻshinlari Eron hududiga kirishi bilan (1941 y. avg .) taxtdan voz kechib, mamlakatni tark etgan. JARda vafot etgan.[1]
Manbalar[edit]
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
