Albert Camus
| Gʻarbiy falsafa XX asr | |
|---|---|
|
Ism |
Alber Kamyu |
|
Tavalludi |
|
|
Vafoti |
4-yanvar 1960-yil |
|
Falsafa maktabi |
|
|
Asosiy qiziqishlari | |
|
Mashhur fikrlari |
"Absurd birinchi haqiqatdir" |
|
Olgan taʼsirlari | |
Albert Camus (talaffuzi: Alber Kamyu) (7-noyabr, 1913 – 4-yanvar, 1960) fransuz adibi va faylasufi boʻlgan. Ekzistensializmga oid deb qaralsa-da, Kamyu biror maktab yoki gʻoyaga tegishli boʻlgandan koʻra mustaqil mutafakkir boʻlishni afzal koʻrgan. U shaxsni gʻoyadan ustun qoʻygan. 1945 yilda bergan intervyusida Kamyu shunday degan: “Yoʻq, men ekzistensialist emasman. Sartre va men ismlarimizni yonma-yon koʻrishdan doimo taajjubda boʻlamiz....” (Les Nouvelles litteraires, 15 noyabr, 1945). Ikkinchi jahon urushi yillaridagi Qarshilik harakati qatnashchisi bo'lgan. Ijodiy faoliyati 1937 yildan boshlangan. "Begona" (1942) qissasi, "Sizif haqida asotir" (1942) falsafiy ocherki, "Anglashilmovchilik" (1944) va "Kaligula" (1945) dramalari — inson hayotining maʼnosi toʻgʻrisidagi oʻylardan iborat. "Vabo" (1947) roman-ramziy hikoyasi Qarshilik harakati haqida. Asarlari adabiyot va falsafani yana ham bir - biriga yaqinlashtirgan. Kamyu "Isyonkor odam" (1951) falsafiy ocherki, "Tubanlashuv" (1956) qissasi, "Saltanat va surgun" (1957), "Shved nutqi" (1958) kabi hikoyalar toʻplami muallifi. Nobel mukofoti laureati (1957). "Begona" qissasi va "Vabo" romani Ahmad Aʼzam tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1995).[1]
Manbalar[tahrir]