Elastiklik (iqtisodiyot): Versiyalar orasidagi farq
Tahrir izohi yoʻq |
Tahrir izohi yoʻq |
||
Qator 3: | Qator 3: | ||
== Taʼrif == |
== Taʼrif == |
||
Elastiklik istalgan iqtisodiy fanda(ayniqsa, mikroiqtisodiyot nazariyasida) va amaliy iqtisodiy sohada xususan, [[marketing|marketing]], [[ekonometriya|ekonometrika]] va [[makroiqtisodiyot|makroiqtisodiyotda]] qoʻllaniladi. Elastiklik ishlab chiqaruvchilarning foydasini maksimallashtirishda va davlatning ichki ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini belgilashda muhim rol oʻynaydi. Elastiklik atamasi birinchi marta ingliz iqtisodchisi [[Alfred Marshall]] tomonidan „Principles of Economics“ kitobida keltirilgan.<ref>{{Cite web | url=https://www.britannica.com/topic/Principles-of-Economics-by-Marshall | title= Principles-of-Economics | Alfred Marshall | Britannica }}</ref>Kitobning „General Relations of Demand, Supply, and Value“ nomli 5-boʻlimida iqtisodchi talab va taklifning oʻzgarishiga taʼsir etuvchi omillar, ularning taʼsirchanligi haqida soʻz yuritadi.<ref>Marshall |
Elastiklik istalgan iqtisodiy fanda(ayniqsa, mikroiqtisodiyot nazariyasida) va amaliy iqtisodiy sohada xususan, [[marketing|marketing]], [[ekonometriya|ekonometrika]] va [[makroiqtisodiyot|makroiqtisodiyotda]] qoʻllaniladi. Elastiklik ishlab chiqaruvchilarning foydasini maksimallashtirishda va davlatning ichki ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini belgilashda muhim rol oʻynaydi. Elastiklik atamasi birinchi marta ingliz iqtisodchisi [[Alfred Marshall]] tomonidan „Principles of Economics“ kitobida keltirilgan.<ref>{{Cite web | url=https://www.britannica.com/topic/Principles-of-Economics-by-Marshall | title= Principles-of-Economics | Alfred Marshall | Britannica }}</ref>Kitobning „General Relations of Demand, Supply, and Value“ nomli 5-boʻlimida iqtisodchi talab va taklifning oʻzgarishiga taʼsir etuvchi omillar, ularning taʼsirchanligi haqida soʻz yuritadi.<ref>{{kitob manbasi |last1=Marshall |first1=Alfred |title=Principles of Economics |date=1920 |publisher=Macmillan and Co. |location=London |isbn=978-1-137-37526-1 |pages=198-200}}</ref> |
||
{| class="wikitable" |
{| class="wikitable" |
2022-yil 18-iyul, 12:29 dagi koʻrinishi
![]() | Bu maqola ayni damda faol tahrirlanyapti. Iltimos, mazkur ogohlantirish xabari sahifadan olib tashlanmagunga qadar sahifaga oʻzgartirishlar kiritmay turing. Aks holda, tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishi mumkin. Bu sahifa oxirgi marta 12:29, 18-iyul 2022 (UTC) (2 yil avval) da tahrir qilingan. |
Elastiklik (iqtisodiyot) — maʼlum bir x qiymatining oʻzgarishi oqibatida y qiymatining oʻzgarilish nibatidir. Masalan, narx yoki daromadning 1 % ga oʻzgarishi talab va taklifning necha foizga oʻzgarishini koʻrsatilib berilishidir.[1]
Taʼrif
Elastiklik istalgan iqtisodiy fanda(ayniqsa, mikroiqtisodiyot nazariyasida) va amaliy iqtisodiy sohada xususan, marketing, ekonometrika va makroiqtisodiyotda qoʻllaniladi. Elastiklik ishlab chiqaruvchilarning foydasini maksimallashtirishda va davlatning ichki ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini belgilashda muhim rol oʻynaydi. Elastiklik atamasi birinchi marta ingliz iqtisodchisi Alfred Marshall tomonidan „Principles of Economics“ kitobida keltirilgan.[2]Kitobning „General Relations of Demand, Supply, and Value“ nomli 5-boʻlimida iqtisodchi talab va taklifning oʻzgarishiga taʼsir etuvchi omillar, ularning taʼsirchanligi haqida soʻz yuritadi.[3]
Absolyut elastik talab | narx oʻzgarganida tovar hajmi oʻzgarmaydi: birinchi ehtiyoj talablari(insulin, tuz) | |
Noelastik talab | talab hajmi narx oʻzgarishidan pasroq oʻzgaradi: oʻrinbosar tovarlarga ega boʻlmagan(yoki juda qimmat boʻlgan) kundalik tovarlar | |
Birlik elastiklik | talab narxgaproporsional tarzda oʻzgaradi (teskari tomonlarda) | |
Elastik talab | talab hajmi narxdan koʻra koʻproq oʻzgaradi: tovar oʻrinbosar tovarlarga yoki unchalik muhim emas | |
Absolyut elastik talab | narx ozgina oʻzgarishi talab hajmini cheksizlikkacha oʻzgartiradi: talab hajmi ozgina oʻzgarishlarga ham juda taʼsirchan boʻladi |
Elastiklik va daromadning bogʻliqligi
Elastiklik oʻzgarishi oqibatida ishlab chiqaruvchilar daromadida oʻzgarish sodir boʻladi. 1.1-rasmdan koʻriladiki elastis zone — elastikligi 1 dan katta boʻlgan hudud, unit elastic — elastikligi 1 ga teng boʻlgan nuqta(daromad bu yerda maksimal boʻladi) va inelastic zone — elastikligi 1 dan past boʻlgan hududdir. Rasmdan koʻrishimiz mumkinki, elastiklik juda yuqori yoki juda past boʻlganida daromad(Revenue) past boʻladi, elastiklik 1 ga teng boʻlganida esa daromad eng yuqori boʻladi. Lekin shuni yodda tutish kerakki daromad bu foyda emas, shu sababli bu nuqta foydani maksimallashtirmaydi.

Elastiklik koʻrsatkichlari
Talab elastikligi
Narxga bogʻliq talab elastikligi

Narxga bogʻliq talab elastikligi tovar narxining bir foizga oʻzgarishi, unga boʻlgan talabninng necha foizga oʻzgarishini koʻrsatadi.[4] Agar tovar narxining 10 % ga kamayishi, sotuv hajmini 20 % ga oshirsa bunday tovar elastik hisoblanadi.
Taklif elastikligi
Narxga bogʻliq taklif elastikligi tovar narxining bir foizga oʻzgarishi, unga boʻlgan talabninng necha foizga oʻzgarishini koʻrsatadi. Agar tovar narxining 10 % ga kamayishi, taklif etiluvchi tovarlar hajmini 20 % ga kamaytirsa, bunday tovar elastik hisoblanadi.
Kesishgan elastiklik
A tovar narxining oʻzgarishi B tovarga boʻlgan talab yoki taklifning oʻzgarishiga olib kelsa, bu oʻzgarishlarning nisbati kesishgan elastiklik deyiladi.[5]Baʼzi tovarlarning narxi oʻzgarishi nafaqat oʻsha tovarning oʻziga, balki boshqa tovarlarga ham(oʻrinbosar va toʻldiruvchi tovarlar) taʼsiri bor hisoblanadi. Masalan benzin narxini oshishi vaqt oʻtishi bilan avtomashinalar sotuviga taʼsir oʻtakazadi(yaʼni kamroq benzin sarf qiluvchi mashinalar sotib olishadi yoki umuman avtomobildan voz kechishadi). Benzin va avtomashinalar toʻldiruvchi tocarlar boʻlgani uchun ular oʻrtasidagi bogʻliqlik teskari hisoblanadi. Lekin, tovarlar oʻrinbosar boʻlsa ular oʻrtasidagi bogʻliqlik toʻgʻri boʻladi. Masalan mol goʻshti narxining oshishi qoʻy goʻshtiga taklif oshishiga olib kelishi mumkin.
.
Agar boʻlsa, u holda bu oʻrinbosar tovarlardir (substitutlar).
Agar boʻlsa, u holda bir-birini toʻldiruvchi tovarlar (komplomentlar)
Elastiklikni hisoblash usullari
Nuqtaviy elastiklik
Elastiklikni hisoblashning eng oddiy usuli hisoblanib, koʻpincha sodda 2 ta oʻzgaruvchilar(narx va talab/taklif, daromad va talab) yordamida aniqlanadi. Masalan aholi daromadining 20 % ga oshishi, mashina sotib olishni 10 % ga oshirdi. Bu yerda mashina noelstik tovar hisoblanadi, chunki: 10/20 = 1/2
Yoysimon(Allan) elastiklik
Yoysimon elastiklik — keskin bir omil oʻzgarishining ikkinchi omilga taʼsirining oʻrtacha koʻrsatkichi hisoblanadi. Yaʼni, agar burger narxi 2 dollardan 4 dollarga oshganida(100 %ga), talab hajmi 1000 tadan 500 taga tushsa(50 %ga), elastiklik 50/100=0,5 ni tashkil etadi. Lekin narx 4 dollardan yana avvalgi 2 dollarga arzonlasa(50 % ga kamaysa) va talab hajmi avvalgi holiga qaytsa(yaʼni 100 % ga oshsa) bu holatda elastiklik 100/50=2 ni tashkil etadi. 0,5 va 2 koeffisientlari orasidagi farq katta boʻlganligi uchun iqtisodchilar oʻrtacha qiymatni olishadi va yoysimon elastiklikdan foydalanishadi.
Talabning yoysimon oʻzgarishi — talab funksiyasining narx, daromad va boshqa omillar oʻzgarishiga taʼsirchanlik darajasidir. Bu turdagi funksiya quyidagi formula orqali aniqlanadi:
- ,
bu yerda — bu talab, — tovarning avvalgi sotilgan hajmi, — yangi talab hajmi, — dastlabki tovar narxi, — yangi tovar narxi, , — talab va taklifning oʻzgarishi.
Taklifning yoysimon oʻzgarishi — taklif funksiyasining narx va boshqa koʻrsatkichlarga taʼsir darjasi. Taklif elastikligi koʻrsatkichi , quyidagicha ham aniqlanadi:
- ,
bu yerda — bu taklif, — dastlabki taklif etilgan tovar hajmi, — taklifning yangi hajmi, — dastlabki tovar narxi, — yangi tovar narxi, , — talab va taklifning oʻzgarishi.
Hosila orqali
Iqtisodiyotda oʻzgarishlar asosan funksiyalar koʻrinishida berilganligi uchun, quyidagi formula orqali biz funksiyaning umumiy elastikligi, yaʼni uning qiyaligini aniqlashimiz mumkin:
Xususiy hollardagi elastiklik koʻrsatkichlari
Elastiklik eng koʻp qoʻllaniluvchi soha ekonometrika boʻlganligi uchun elastiklikni oʻlchashda turli funksiyalarga duch kelinadi. Quyidagi funksiyalar ekonometrikada uchraydi:
1.Chiziqli funksiya
2.Egri chiziqli funksiya(Darajali funksiya)
Chiziqli funksiyada elastiklik y=kx+b dagi k koeffitsienti orqali ifodalanadi. Yaʼni ixtiyoriy funksiyadan 2 soni k koeffisienti hisoblanib, funksiya elastik hisoblanadi.
Egri chiziqli funksiyada esa funksiyaning darajsi bu vazifani oʻtaydi
Elastiklik koʻrsatkichlari
Tovar | Elastiklik darajasi | Tovar | Elastiklik darajasi |
---|---|---|---|
Aviabiletlar (biznes-klass) | −0,3 | Tuxum (AQSH) | −0,1 |
Aviabiletlar (ekonom-klass) | −0,9 | Tuxum (Afrika) | −0,55 |
Aviabiletlar (turizm) | −1,5 | Guruch (Yaponiya) | −0,25 |
Avtobus | −0,2 | Guruch (AQSh) | −0,55 |
„Ford“ avtomobili | −2,8 | Guruch(Xitoy) | −0,8 |
Benzin (qisqa muddatda) | −0,1 | Guruch (Bangladesh) | −0,8 |
Benzin (uzoq muddatda) | −0,4 | Salqin ichimliklar | −0,9 |
Elektr energiyasi (qisqa muddatda) | −0,1 | „Coca-Cola“ | −3,8 |
Elektr energiyasi (uzoq muddatda) | −1,4 | „Mountain Dew“ | −4,4 |
Temir | −0,3 | Pivo | −0,7 |
Spektakl, konsertlar | −0,6 | Vino | −1,0 |
Kinofilmlar | −0,9 | Kuchli alkogol ichimliklari | −1,5 |
Telekommunikatsiya | −0,4 | Tamaki mahsulotlari | −0,5 |
Tibbiy sugʻurta | −0,3 | Tamaki mahsulotlari (yoshlar orasida) | −0,7 |
Doktor qabuliga borish | −0,05 | Marixuana | −0,7 |
Jadvaldan koʻrishimiz mumkinki, uzoq muddatda deyarli barcha tovarlarning elastikligi ortadi. Bundan tashqari hudud uchun milliy hisoblangan, keng isteʼmol qilinuvchi yoki oʻrinbosarlarga ega boʻlmagan tovar va xizmatlar elastikligi past boʻladi: Yaponiyada guruch, AQSH da tuxum va doktor qabuliga borish. Aksincha, Coca-Cola va mineral suvlarning raqobatchilari koʻp va deyarli xuddi shunday tovar ishlab chiqarganliklari sababli ularning elastikligi ancha balanddir. Qoʻshimcha omil sifatida isteʼmolchilar daromadi ahamiyat kasb etadi: daromad darajasiga qarab tovar elastikligi oʻzgarishi mumkin(yoshlar orasida tamaki mahsulotlariga boʻlgan talab elastikligi umumiy tamaki mahsulotlariga boʻlgan talabga qaraganda 0.2 ga ortiqroq)
Manbalar
- ↑ „Elasticity | economics | Britannica“.
- ↑ „Principles-of-Economics | Alfred Marshall | Britannica“.
- ↑ Marshall, Alfred. Principles of Economics. London: Macmillan and Co., 1920 — 198-200-bet. ISBN 978-1-137-37526-1.
- ↑ Chen, Xudong (October 1, 2017). "Elasticity as Relative Slopes: A Graphical Approach to Linking the Concepts of Elasticity and Slope". The American Economist 62 (2): 258–267. doi:10.1177/0569434516682713.
- ↑ Webster, Thomas, J.. Managerial Economics: Tools for Analysing Business Strategy. Lanham, Maryland: Lexington Books, 2015 — 55, 70-bet. ISBN 978-1-4985-0794-3.
- ↑ Филатов А.Ю. Микроэкономика: учебное пособие для вузов – М.: Юрайт, 2021, 204 с.