Ara Güler

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Guler (Ara)dan yoʻnaltirildi)

 Andoza:Карточка фотографаAra Güler ( з.-арм. Արա Կիւլէր, turkcha: Ara Güler ; 1928-yil 16-avgust2018-yil 17-oktabr ) haqiqiy millati arman boʻlgan o'sha mashhur turk fotojurnalisti, “Istanbulning koʻzi” va “Istanbul fotografi” degan nom bilan ham mashhur.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ara Guler 1928-yilning 16-avgustida Istanbulning Beyog‘lu tumanida arman oilasida dunyoga kelgan. Uning padari ya'ni otasining dorixonasi bor edi va otasining do'stlari orasida juda ko'p ajoyib va ijodiy odamlar mavjud edi. Shunday qilib, yoshligidan Ara o'sha paytda bohem jamiyati bilan o'ralgan edi. Ara "Getronagan" arman o'rta maktabini tamomlagan. Ara bolaligidan aktyor bo'lishga qaror qildi va maktabda o'qib yurganida ham teatrda aktyorlik faoliyatini boshladi; o'sha paytlarda zamonaviy turk teatrining asoschisi Muhsin Ertug'rul rahbarligidagi drama kurslarida qatnashdi.

Ammo, kinoga nisbatan bo'lgan muhabbatiga qaramay, tanlash vaqti kelganida, Ara aktyorlikdan voz kechgan holda tanlov jurnalistika foydasiga tushib, 1950 yilda Yeni Istanbul gazetasi tahririyatiga fotomuxbir sifatida ishga kirdi. Shu bilan birgalikda Istanbul universitetida iqtisod fakultetida o'qigan. Keyinroq boshqa bir nashr – “Hurriyat” gazetasiga borib qo'shildi.

Fotosurat karerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1958 yilda Amerikaning Time-Life jurnali Turkiyadagi filialini ochadi hamda Guler uning Yaqin Sharqdagi birinchi muxbiri bo'ladi. Tez fursatda u Paris Match, Stern va The Sunday Times gazetalaridan buyurtma oladi. 1961 yilda harbiy xizmatni yakunlagandan so'ng, Guler Turkiyaning "Hayat" jurnaliga foto bo'lim boshlig'i sifatida ishga kirdi. Bir vaqtning o'zida u Anri Kartier-Bresson va Mark Riboud bilan uchrashdi, ular unga Magnum Photos xalqaro foto agentligida ishlashni taklif qilishdi va u ma'lum vaqt davomida ularning taklifiga rozi bo'ldi. Uning ishi 1961 yil Britaniya fotosuratlari albomida chop ettirilgan. Bundan tashqari, aynan shu yili u Amerika Jurnal Fotograflari Jamiyatiga (ASMP) (bugungi kunda Amerika Media Fotograflar Jamiyati deb ataladi) Turkiyadan yakka-yu yagona a'zo sifatida qabul qilindi. Shveytsariyaning Camera jurnali uning ishini maxsus nashr bilan mukofotladi.

1960-yillda Gulerning rasmlari mashhur adiblarning kitoblarini illyustratsiyasi uchun ishlatilgan va jahonning har xil ko'rgazmalarida namoyish qilingan. Gulerning ishi 1968 yilda Nyu-York zamonaviy san'at muzeyidagi 10 ta rangli fotografiya ustaxonasida va Germaniyaning Kyoln shahridagi Photokina ko'rgazmasida namoyish etilgan. Araning “Turkey” nomli kitobi 1970 yilda Germaniyada chop etilgan. Gulerning san'at va san'at tarixiga oid fotosuratlari Time, Life, Newsweek, Horizon va Shveytsariyaning Skira nashriyotida ishlatilgan.

Ara Guler Qozogʻiston, Eron, Afgʻoniston, Hindiston, Pokiston, Keniya, Kalimantan, Yangi Gvineya va Turkiyaning jamiki hududlariga xizmat safarlariga borgan. 1970-yilda Indira Gandi, Mariya Kallas, Jon Burger, Bertran Rassell, Villi Brandt, Alfred Xitkok, Ansel Adams, Imogen Kanningem, Mark Chagall, Salvador Dali va Pablo Pikasso kabi rassomlar va siyosatchilarni suratga oldi .

Araning koʻplab asarlari Parijdagi Milliy kutubxonada, Rochesterdagi Jorj Istman muzeyida, Nebraska-Linkoln universiteti Lyudvig muzeyida, Sheldon Linkoln memorial san'at galareyasida va Kyolndagi Das imaginare foto muzeyida yig'ilgan.

1970-yillarda Ara Güler kinoda ham ishlagan, “Qahramonning oxiri” (1975) hujjatli filmini boshqarib borgan. Bu Birinchi jahon urushi qahramonining TCG Yavuz jangovar kreyseridan olib tashlanishi haqidagi xayoliy hikoyaga tayangan edi.

Gulerning arxivida 800 mingga yaqin fotosuratlar mavjud.

Ara Guler 2018-yilning 17-oktyabr kuni yurak xurujidan vafot etdi. U buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekdi va dializ bilan davolandi.

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Leika ustasi (1962)
  • Faxriy legion ordeni (Frantsiya)
  • Asr fotosuratchisi (1999, Turkiya)
  • Faxriy doktor (2004, Yildiz texnika universiteti )
  • Turkiya Respublikasi Prezidentining madaniyat va san’at sohasidagi Bosh mukofoti (2005, Turkiya)
  • Umr bo'yi muvaffaqiyat uchun Lucy mukofoti (2009, AQSh)

Kitoblar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fotosuratchining nashr etilgan kitoblari orasiga Gulerning "Turkiyada yashash", “Ijodkor amerikaliklar”, “Ara Güler: fotosuratlar” va boshqa koʻplab kitoblar kiradi.

Shuningdek qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Turkiyadagi armanlar
  • Istanbuldagi armanlar

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]