Gʻaybulla as-Salom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Gʻaybulla Salomovdan yoʻnaltirildi)
Gʻaybulla as-Salom
Salomov Gʻaybulla Tojiddinovich
Tavalludi 11-dekabr 1932-yil
Xatirchi tumani, Navoiy viloyati, OʻzSSR
Vafoti 31-yanvar 2003-yil(2003-01-31)
(70 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston SSR OʻzSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Olim, publitsist
Taʼlimi Samarqand davlat universiteti
Ilmiy darajasi Fan doktori
Ilmiy unvoni Professor

Gʻaybulla as-Salom (taxallusi; asl ismi Gʻaybulla Salomov)(11-dekabr 1932-yil, Xatirchi tumani – 31-yanvar 2003-yil, Toshkent) — tarjimashunos olim, publitsist. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1993), filologiya fanlari doktori (1982), professor (1984).

VikiIqtibos
VikiIqtibos
Vikiiqtibosda
Gʻaybulla as-Salom haqida sahifa mavjud.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Salomov Gʻaybulla Tojiddinovich 1932-yil 11-dekabrda Samarqand viloyati Xatirchi tumanida tugʻilgan. 1956-yilda Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab 1956–1967-yillarda „Fan va turmush“ jurnalida boʻlim mudiri, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida aspirant, ilmiy xodim, direktor oʻrinbosari lavozimida ishlagan. Soʻng 1967–1969-yillar „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“da bosh muharrir oʻrinbosari sifatida; 1969–2000-yillar Toshkent davlat universiteti tarjima nazariyasi kafedrasi mudiri sifatida; 1997–2000-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida professori sifatida faoliyat yuritgan.

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻaybulla Salomovning ilmiy faoliyati badiiy tarjimashunoslik, maʼnaviyat, maʼrifat va madaniyat masalalariga bagʻishlangan. „Maqol va idiomalar tarjimasi“ (1961), „Til va tarjima“ (1966), „Tarjima nazariyasiga kirish“ (1978), „Doʻstlik koʻpriklari“ (1970, N. Komilov bilan hamkorlikda), „Adabiy anʼana va badiiy tarjima“ (1980), „Tarjima nazariyasi asoslari“ (1983) kabi kitoblar muallifi[1].

Gʻaybulla as-Salom 2003-yilda 31-yanvarda Toshkent shahrida vafot etgan[2].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Umirov S, Sollanib oqayotgan daryo, T., 1992;
  • Gʻaybulloh as-Salom zamondoshlari xotirasida, T., 2002.
  • Ey, umri aziz, T., 1997;
  • Ezgulikka chogʻlan, odamzot, T., 1997.

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „G‘aybulla as-Salom. Tarjima tashvishlari & G’ulom Mirzo. G’aybdan salom & Shuhratxon Imyaminova. G’aybulla Salomov — O’zbekistonda tarjima nazariyasi asoschisi“ (10-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 12-may 2024-yil.
  2. Xurshi Davron. „G‘aybulla as-Salom. Men suv ichgan daryolar & Xurshid Davron. Domlani eslab & Orziqul Ergash. Yozilmagan doston.“ (11-dekabr 2023-yil). Qaraldi: 12-may 2024-yil.