Qoʻrqma
Asl nomi | Қўрқма |
---|---|
Muallif(lar) | Javlon Jovliyev |
Bezovchi(lar) | Orzu Aʼzam dizayni |
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | roman |
Nashr etilgan sanasi | 2020-yil |
Nashriyot | Nihol |
Sahifalar soni | 376 |
„Qoʻrqma“ — oʻzbek yozuvchisi Javlon Jovliyev tomonidan yozilgan roman. 2020-yil „Asaxiy Books“ loyihasi doirasida „Nihol“ nashriyotida chop etilgan. 2021-yilning „Yil kitobi“ deb topilgan.
Nashrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kitobning 2020-yil chop etilgan nashri 21 kunda sotilgan. 2021-yil asarning ikkinchi nashri 20 000 nusxada chop etilgan[1].
Eʼtirof[tahrir | manbasini tahrirlash]
„Qoʻrqma“ asari uchun yozuvchi Javlon Jovliyev 2021-yil Tahsin mukofoti va Shavkat Mirziyoyev tomonidan „Kelajak bunyodkori“ davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Bundan tashqari yozuvchiga Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev tomonidan 30 million soʻmlik sertifikat ham topshirildi. Asar muallifiga Afgʻonistonning „Oltin qalam“ mukofoti topshirildi. Asar „Yosh kitobxon“ respublika koʻrik tanlovining oʻqilishi lozim boʻlgan kitoblar roʻyxatiga kiritildi[1].
Tanqid[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) tomonidan monitoring qilinib, „Qoʻrqma“da kelgan ayrim jumlalar oʻquvchi ongiga salbiy taʼsir oʻtkazishi haqida aytib oʻtildi[1][2]. Lekin AOKAning xulosasi ijtimoiy tarmoqlarda koʻplab kitobxonlar, blogerlar va adabiyotshunoslarning tanqidiga sabab boʻldi[3].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 1,2 „«Қўрқма» кимларни қўрқитди? Роман атрофидаги шов-шувли воқеалар ҳақида“. Bugun.uz. 2021-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 6 август. (Wayback Machine saytida 2021-08-06 sanasida arxivlangan)
- ↑ „“Қўрқма” китобида қандай имловий, услубий хатолар, нотўғри маълумотлар ва ўқувчи онгига салбий таъсирли лавҳалар бор?“. Human.uz. 2022-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 30 июль.
- ↑ Фахриддин Низом, Акром Малик. „"Қўрқма" кимни қўрқитди?! - Сўз мутахассисларга“. Human.uz. 2022-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 30 июль.