Nuklein kislotalar
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/db/Difference_DNA_RNA.svg/220px-Difference_DNA_RNA.svg.png)
Nuklein kislotalar, polinukleotidlar — nukleotidlar qoldigʻidan hosil boʻlgan yuqori molekulali organik birikmalar. Nuklein kislotalar tarkibiga qanday uglevod — dezoksiri-boza yoki riboza kirishiga qarab dezoksiribonuklein kislota (DNK) va ribonuklein kislota (RNK)larga boʻlinadi. Nukleotidlarning Nuklein kislotalardagi ket-ma-ketligi ularning birlamchi strukturasini belgilaydi. Nuklein kislotalar barcha tirik organizmlarning hujayralarida mav-jud boʻlib, irsiy (genetik) informasiyani saqlash va nasldannaslga oʻtka-zishdek eng muhim funksiyani baja-radi, hujayra oqsillarining bu in-formatsiyani voqe qiluvchi sintezi jarayoniga taʼsir koʻrsatadi. Organizmda erkin holda boʻladi, oqsillar bilan bir kompleks (nukleproteidlar)ni tashkil etadi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |