Mutanna muhofazoti
Mutanna muhofazoti محافظة المثنى | |
---|---|
Muhofazot | |
Mutanna muhofazoti Bayroq | |
30°12′0″N 45°21′0″E / 30.20000°N 45.35000°E | |
Mamlakat | Iroq |
Maʼmuriy markaz | Samava |
Hukumat | |
• Gubernator | Ahmed Manfiy Jude |
Maydon | 51,740 km2 (19,980 kv mi) |
Aholisi (2024) |
835 797[1] |
ITI (2017) |
0.628[2] medium |
|
Mutanna muhofazoti (arabcha: المثنى Al Mutannā) yoki Al Mutanna viloyati Iroqdagi muhofazot. 7-asrda yashagan arab generali Mutanna ibn Xorisa nomi bilan atalgan. Muhofazot mamlakat janubida, Saudiya Arabistoni va Quvayt bilan chegarada joylashgan. Maʼmuriy markazi Samava shahri boʻlib, shahar Iroqdagi eng yuqori qashshoqlik darajasi – 52%ga ega[3].
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Muhofazot 1976-yilgacha hozirgi Najaf va Qodisiyya muhofazotlarini oʻz ichiga olgan Divaniya muhofazoti tarkibiga kirgan.
Samava, ehtimol, Iroq nomining ham manbasi boʻlgan qadimgi Shumer – Bobil shahri Uruk (oromiycha: Erech)ga juda yaqin joylashgan. Salavka Salavkiylar davlatiga asos solganidan keyin Bobil tanazzulga uchrab, Uruk Bobil janubidagi eng yirik shaharga aylandi. Uruk nomi Bobiliyga (Bobiliya) oʻzgardi. Shahar sobiq poytaxtdan koʻra uzoq vaqt, milodiy 7-asrgacha, saqlanib qolgan.
1991-yil fevral oyida bu yerda Fors koʻrfazi urushi davomida tarixdagi eng yirik tanklar janglaridan biri boʻlmish Norfolk jangi boʻlib oʻtgan[4].
Demografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil | Aholi | ±% y.oʻ.s. |
---|---|---|
1977 | 215,6 | — |
1987 | 315,815 | +3.89% |
1997 | 436,825 | +3.30% |
2009 | 683,126 | +3.80% |
2018 | 814,371 | +1.97% |
Manba: Shahar aholisi[5] |
Muhofazot hukumati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Gubernator: Ahmad Manfiy Jude Gubernator oʻrinbosari: Sami al-Hassaniy Al-Mutanna muhofazot kengashi raisi: Abdulatif al-Hassaniy
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Citypopulation.de
- ↑ „Sub-national HDI - Area Database - Global Data Lab“ (en). hdi.globaldatalab.org. Qaraldi: 2018-yil 13-sentyabr.
- ↑ „Poverty rate in Nineveh province nearly doubled“ (en). Kirkuknow. Qaraldi: 2024-yil 22-yanvar.
- ↑ „These were the 6 most massive tank battles in US history“ (2021-yil 16-aprel).
- ↑ „Population of Governorates“ (en). www.citypopulation.de.