Muqim Habibov
(Habibov Muqim Azizovichdan yoʻnaltirildi)
Muqim Azizovich Habibov (1916 — Andijon — 1979.21.11) — dirijyor, bastakor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964). Namangan musiqa bilim yurtini tugatgan (1936). 1934—52 yillar Andijondagi turli teatrlarda dirijyor, 1952-yildan Andi-jon teatrish dirijyor, 1958—78 yillarda bosh dirijyor. "Burgutning parvozi" (I.Sulton), "Tuhmatchilar jazosi" (Hamza), "Qasoskor ona" (M.Bobo-yev) kabi spektakllarga musiqa basta-lagan, bir qancha qoʻshiqlar yozgan, musiqali drama spektakllariga dirijyorlik qilgan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |