Atifete Jahjaga

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Atifete Jahjaga

2022-yilda Jahjaga
Kosovoning uchinchi Prezidenti
Mansab davri
2011-yil 7-April – 2016-yil 7-April
Bosh vazir Hashim Thaçi
Isa Mustafa
Oʻtmishdoshi Behgjet Pacolli
Jakup Krasniqi (Acting)
Vorisi Hashim Thaçi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi Andoza:1975
Đakovica, SR Serbia, SFR Yugoslavia
(hozir Gjakova, Kosovo)
Siyosiy partiyasi Mustaqil siyosatchi
Turmush oʻrtogʻi
Astrit Kuçi
(ajr. 2018)
[1]
Alma mater Pristina universiteti
Leicester universiteti
Virginia universiteti
Vebsayti Jahjaga Foundation

Atifete Jahjaga (1975-yil 20-aprelda tugʻilgan) — Kosovoning uchinchi prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan kosovalik alban siyosatchisi. U Kosovo Respublikasining birinchi ayol Prezidenti, birinchi partiyasiz nomzod va yuqori lavozimga saylangan eng yosh ayol davlat rahbari edi. U Kosovo politsiyasi direktorining oʻrinbosari sifatida ham faoliyat yuritgan. Janubiy-Sharqiy Yevropadagi ayol zobitlar orasida yuqori martabali general-leytenant unvoniga ega hisoblanadi[2].

Erta hayot va taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahjaga, kosovolik alban, oʻsha paytda Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasining bir qismi boʻlgan Gjakova shahrida tugʻilgan. Uning otasi Albaniya shimolidagi Berisha shahridan edi[3]. U Gjakovadagi boshlangʻich va oʻrta maktabda oʻqidi va 2000-yilda Pristina universitetining yuridik fakultetini tamomladi. 2006—2007-yilda esa u Buyuk Britaniyaning Lester universitetida politsiya boshqaruvi va jinoyat huquqi boʻyicha magistratura va sertifikat dasturini tamomladi. Shuningdek, u Germaniyadagi George C.Marshall nomidagi Xavfsizlik tadqiqotlari Yevropa markazida va AQSHdagi FQB Milliy akademiyasida keng qamrovli kasbiy tayyorgarlikdan oʻtdi hamda 2007-yilda AQShning Virjiniya universitetida jinoyatchilik boʻyicha aspirantura sertifikatini qoʻlga kiritdi.

Politsiyalik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kosovo urushidan soʻng, Jahjaga Kosovo Politsiya Akademiyasini zobit boʻlish uchun tugatdi va asta-sekin yuqori martabalarga koʻtarildiː dastlab mayor, keyin polkovnik va nihoyat general-mayor. U Kosovoning eng ishonchli huquqni muhofaza qilish institutining qurilishiga oʻz hissasini qoʻshdi.

Jahjaga Kosovo politsiyasi direktori oʻrinbosari lavozimini egalladi va 2010-yilda qisqa muddatga Bosh direktor vazifasida faoliyatini davom ettirdi. Kosovo politsiyasida xizmat qilayotib, u amerikalik zobitlar va diplomatlarning eʼtiborini tortdi. Ular uni maxsus holatlarda AQShning yuqori martabali amaldorlari oldida Kosovo davlat xizmatchilarining yangi avlodi vakili sifatida eʼtirof etishdi. Uning AQSh prezidenti George W.Bush bilan FQB Milliy akademiyasiga tashrifi chogʻida va yana Davlat kotibi Hillari Clinton bilan Kosovoga tashrifi davomida tushgan suratlari prezidentlikka nomzod sifatida mamlakat diqqat markaziga tushishidan oldin internet tarmoqlari orqali tarqatilgan sanoqli suratlar qatoridan joy oldi.

Kosovo Prezidenti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahjaga va AQSh vitse-Prezidenti Jo Bayden

Prezident Fatmir Sejdiu isteʼfoga chiqishi bilan Kosovoni qamrab olgan siyosiy inqirozdan soʻng Konstitutsiyaviy sudning 2011-yil 6-aprelda Behgjet Pacollining Kosovo Prezidenti etib saylanishiga qarshi qaror chiqdi. Uning davlat xizmatidagi tajribasi va halolligi tufayli, Atifete Kosovo Demokratik partiyasi, Kosovo Demokratik Ligasi va Yangi Kosovo Ittifoqi[4] hamda AQShning Kosovodagi elchisi Christopher Dell tomonidan qoʻllab-quvvatlangan holda Kosovo prezidenti lavozimiga konsensus nomzodi sifatida eʼlon qilindi[5]. Garchi u politsiya qoʻmondoni sifatida yuqori obroʻga ega boʻlsa-da, davlatning eng yuqori lavozimiga nomzod sifatida chiqdi, lekin aksariyat jamoat va siyosiy rahbarlar uning bunga moyilligidan bexabar edi.

7-aprel saasida Jahjaga parlament tomonidan ovoz berishning birinchi bosqichida prezident etib saylandi; 100 nafar deputatdan 80 nafari Jahjaga uchun, 10 nafari esa Suzan Novoberdali uchun ovoz berishdi. Bugungi kunga qadar u saylovning birinchi bosqichida saylangan yagona prezident hisoblanadi. Faqat Kosovoning birinchi prezidenti Ibrahim Rugova 2002-yilda parlament tomonidan 88-3 ovoz bilan koʻproq ovoz yigʻishga muyassar boʻldi va ovoz berishning uchinchi bosqichida saylandi.

Tashrif qilingan mamlakatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davlat tashriflari roʻyxati
Mamlakat Yil Tashrif qilingan shaharlar Tashrif turi
1 Albaniya bayrogʻi Albaniya 2011, 2012 Tirana, Durrës, Pogradec Ish boʻyicha tashrif
2 Avstriya bayrogʻi Avstriya 2012, 2013, 2014 Vna, Alpbach Davlat tashrifi

Ish boʻyicha tashrifi

3 Belgiya bayrogʻi Belgiya 2011, 2012, 2013 Brussel Ish boʻyicha tashrif
4 Bolgariya bayrogʻi Bolgariya 2015 Sofiya Ish boʻyicha tashrif
5 Xorvatiya bayrogʻi Xorvatiya 2011, 2012, 2015 Zagreb, Dubrovnik Rasmiy tashrif

Ish boʻyicha tashrifi

6 Chexiya bayrogʻi Chexiya 2011 Praga Ish boʻyicha tashrif
7 Fransiya bayrogʻi Fransiya 2015 Parij Ish boʻyicha tashrif
8 Olmoniya bayrogʻi Germaniya 2011, 2014 Berlin,Munik Ish boʻyicha tashrif
9  Muqaddas qarorgoh 2015 Vatikan Ish boʻyicha tashrif
10 Honduras bayrogʻi Gonduras 2014 Tegucigalpa Davlat tashrifi
11 Vengriya bayrogʻi Vengriya 2011 Budapesht Davlat tashrifi
12 Italiya bayrogʻi Italiya 2011, 2015 Rim, Venetsiya Rasmiy tashrif
13 Iordaniya bayrogʻi Iordaniya 2014, 2015 Amman, Petra,

Oʻlik dengizi

Rasmiy tashrif

Ish boʻyicha tashrifi

14 Litva bayrogʻi Litva 2011 Vilnius Ish boʻyicha tashrif
15 Makedoniya bayrogʻi Shimoliy Makedoniya 2011 Ohrid Ish boʻyicha tashrifi[6]
16 Malayziya bayrogʻi Malayziya 2013 Kuala-Lumpur Ish boʻyicha tashrif
17 Montenegro bayrogʻi Chernogoriya 2012, 2015 Budva Ish boʻyicha tashrif
18 Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya 2013 Hag, Amsterdam Ish boʻyicha tashrif
19 Panama bayrogʻi Panama 2014 Panama shahri Davlat tashrifi
20 Polsha bayrogʻi Polsha 2011 Varshava Ish boʻyicha tashrif
21 Ruminiya bayrogʻi Ruminiya 2014 Buxarest Ish boʻyicha tashrif
22 Senegal bayrogʻi Senegal 2014 Dakar Ish boʻyicha tashrif
23 Slovakiya bayrogʻi Slovakiya 2013 Bratislava Ish boʻyicha tashrif
24 Sloveniya bayrogʻi Sloveniya 2011, 2015 Ljubljana, Portorož Rasmiy tashrif

Ish boʻyicha tashrifi

25 Shveytsariya bayrogʻi Shveysariya 2015 Bern, Zürich Rasmiy tashrif
26 Turkiya bayrogʻi Turkiya 2012, 2013, 2014 Istanbul Ish boʻyicha tashrif
27 BAA bayrogʻi Birlashgan Arab Amirliklari 2012, 2014, 2015 Abu-Dabi, Dubai Rasmiy tashrif

Ish boʻyicha tashrifi

28 Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik 2013, 2014, 2015 Londonda, Durham, Lester Ish boʻyicha tashrif
29  AQSh 2012, 2013, 2014 Vashington, Nyu-York,Des Moines Ish boʻyicha tashrif

Faxr va mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  •  Italiya
    • Ikki Sitsiliya qirollik oilasi: Ikki Sitsiliya qirollik muqaddas harbiy Konstantin ordeni Avliyo Jorj Benemerenti medali sohibi, 1-darajali[7]
    • Ikki Sitsiliya qirollik oilasi: Frensis I qirollik ordeni ritsarining Buyuk xochi[7]
  •  Panama

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil 27-iyun — Durham universiteti tomonidan Honoris Causa mukofoti[9]

2014-yil 21-sentabr — Klinton global tashabbusi tomonidan Davlat xizmatiga rahbarlik mukofoti[10]

2015-yil 16-iyul — Lester universiteti tomonidan huquqshunoslik doktori faxriy darajasi[11]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ismet Asllani

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Prive zbulon: Atifete Jahjaga drejt divorcit, mësojini detajet!“ (Albanian). Prive Klan Kosova (2018-yil 3-fevral).
  2. „Kush do të na udhëheq“ Telegrafi.com 7 April 2011 (accessed 7 April 2011)
  3. „Berisha: Kulla është djegur 3 herë edhe nga serbët edhe turqit“. The Albanian. — „Pra 4 nga politikanët më të rëndësishëm jeni nga një zonë? Nga një zonë, por Ramizi nuk është Berishë, është nga Fshati Kasaj …Hasani dhe Jahjaga janë Berishë.“. 2018-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-mart.
  4. „Marrëveshja për Kosovën, presidente Atifete Jahjaga“ Telegrafi.com 6 April 2011 (accessed 6 April 2011)
  5. RadioKosova, Live Broadcast of Press Conference, 6 April 2011
  6. „The Presidents Jahjaga, Vujanoviq, Topi and Ivanov held a joint press conference“. Presidente e Republikës së Kosovës - Atifete Jahjaga. Qaraldi: 2015-yil 17-avgust.
  7. 7,0 7,1 „Constantinian Order Grand Prior decorates President and Prime Minister of Kosovo - Sacred Military Constantinian Order of St. George“ (2014-yil 27-may). Qaraldi: 2018-yil 13-mart.
  8. KosovaPress. „Jahjaga u shpall Qytetare nderi e qytetit të Panamasë“. Qaraldi: 2018-yil 13-mart.
  9. Thaçi. „Presidentja Jahjaga u nderuar me çmimin "Doctor Honoris Causa" nga Universiteti i Durhamit“. Qaraldi: 2018-yil 13-mart.
  10. „Ballina“. www.kosovapress.com. Qaraldi: 2018-yil 13-mart.
  11. pt91. „President of Kosovo to be honoured by University of Leicester – University of Leicester“. www2.le.ac.uk. Qaraldi: 2018-yil 13-mart.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Siyosiy idoralar
Oldingisi Kosovo Prezidenti
2011–2016
Keyingisi