Abdusattor Eshonqulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Eshonqulov Abdusattordan yoʻnaltirildi)

Abdusattor Eshonqulov (1916.10.2, Toshkent — 1997.9.12, Toshkent) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, mayor. Toshkent toʻqimachilik kombinatida usta yordamchisi boʻlib ishlagan. 1937-yildan armiyada. Volsk harbiy aviatsiya texnika bilim yurtini (1939), Voronej uchuvchilar harbiy aviatsiya maktabini (1942), Balashov uchuvchilar harbiy aviatsiya maktabini tugatgan (1943). 1944-yildan 62-shturmchi aviatsiya polki (2-Belorussiya fronti, 4-havo armiyasining, 233-shturmchi aviatsiya diviziyasi) zveno komandiri. Eshonqulov 1945-yil aprelgacha 100-marta jangovar parvoz qilib, dushman qismlariga anchagina talafot keltirgan. Koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (1945.18.8). Urushdan keyin harbiy havo kuchlari aviatsiya qismlarida xizmat qilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]