Zafarobod (Konimex tumani)
Shaharcha | |
40°31′55″N 65°01′13″E / 40.53194°N 65.02028°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Navoiy viloyati |
tuman | Konimex tumani |
Qachondan beri shaharcha | 1974 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Zafarobod (ruscha: Зафарабад) — Oʻzbekiston Respublikasi Navoiy viloyati Konimex tumaniga qarashli shaharcha.
Zafarobod — Navoiy viloyati Konimex tumanitsagi shaharcha (2018 y.dan). Yaqin temir yoʻl stansiyasi Konimex (32 km), tuman markazidan 72 km. Shaharcha tumanning shim.sharqida, Navoiy—Uchquduq katta yoʻli yoqasida. Aholisi 5,8 ming kishi (2002), asosan oʻzbeklar, qozoq va ruslar ham bor. Maʼmuriy, madaniy tashkilotlar, umumiy taʼlim maktablar, avtokorxona, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor.[1]
Zafarobod 2018-yil 28-sentabrgacha Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani tarkibiga kirdi.[2][3] Zafarobod shaharchasida "Navoiyuran" korxonasining yirik uran ishlab chiqarish bo'linmalaridan biri "Zafarobod" kon boshqarmasi (sobiq 5-kon boshqarmasi) joylashgan. Ichimlik suvi Navoiy shahridan tortib kelingan. Gaz va elektr bilan yaxshi ta'minlangan. So'nggi yillarda aholi ma'lum bir qismi bu hududni tark etib, viloyat markaziga ko'chishni afzal ko'rmoqda.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Decree 28 September 2018 № ПС-338-III (Wayback Machine saytida 2021-05-22 sanasida arxivlangan), Senate of Uzbekistan.
- ↑ https://uza.uz/uz/posts/onlayn-bukhoro-viloyatining-izhduvon-tumanidagi-zafarobod-r--28-09-2018
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |