Kontent qismiga oʻtish

Oʻnarcha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(O‘narchadan yoʻnaltirildi)

OʻnarchaQirgʻiziston Respublikasi Norin viloyatidagi daryo, Norin daryosining oʻng irmogʻi. Noringa Norin shahri dan 16 km quyiroqda quyiladi. Uzunligi 75 km, havzasining maydoni 1570 km². Kapkatos tizmasining yon bagʻridan shim.roqda, Qumbel dovonidan 1 km sharqda, 3600 m balandlikda boshlanadi. Yuqori oqimida (Koʻktoʻrpoq chap irmogʻi quyilgungacha) Sultonsari nomi bilan yuritiladi. Asosiy irmoqlari yuqori oqimida: Archalu, Ichkebash, Chunqursu, Ottuk (oʻngdan). Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi boshlanishidan 18 km quyida (Oʻnarcha qishlogʻi yonida) 9,9 m³/sek. Toʻlinsuv davri mart — avgust da. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 15,2 m³/sek.dan (koʻp suvli yilda) 4,78 m’/sek.gacha (kam suvliyilda) oʻzgaradi. Dekabr—fevral oylarida daryoda muz oqadi. Suvi yaxshi ichimlik sifatiga ega.