Kontent qismiga oʻtish

Njamena

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(N'Jamenadan yoʻnaltirildi)

NjamenaChad poytaxti. Shari daryosining oʻng sohilida, unga Logone daryosi quyilishida joylashgan. ShariBagirmi prefekturasining maʼmuriy markazi. Iklimi ekvatorial, mussonli iklim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 24°, iyulniki 27,7°. Yiliga 648 mm yogʻin yogʻadi. Aholisi 530,1 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Shaharga 1900-yilda Fransiyaning Markaziy Afrikadagi hududlarining maʼmuriy markazi sifatida asos solingan va komandir Lami nomi bilan 1973-yilgacha Fortlami deb atalgan. 1920—58 yillarda Fransiyaning Chad mustamlakasining maʼmuriy markazi. 1958-yildan Chad muxtor Respublikasi, 1960-yildan mustaqil Chad davlati poytaxti. N.da prezident qarorgohi, Milliy majlis, hukumat muassasalari va boshqa joylashgan. Mamlakatning muhim iqti-sodiy, savdo-moliya va madaniy markazi. Oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Paxta, chorva bilan savdo qilinadi. Universitet, milliy muzey bor. Meʼmoriy yodgorliklardan Katta masjid, sobor va boshqa saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil