Zohid Dusanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dusanov Zoxid Abdukayumovich
Дўсанов Зоҳид Абдуқаюмович
Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt Bоjхоnа qoʻmitаsi rаisi
Mansab davri
2011-yil 2-fevral – 2016-yil 20-dekabr
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Sodirxon Nosirov
Vorisi Muidjon Tohiriy
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-iyun 1976-yil (1976-06-10) (47 yosh)
OʻzSSR, Samarqand
Mukofotlari
Xizmat yillari 1999-2018
Unvoni Polkovnik

Dusanov Zohid Abduqayumovich (oʻzbekcha: Дусанов Зоҳид Абдуқаюмович; 1976-yil 10-iyun, Samarqand viloyati Payariq tumani) - 2011-2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qoʻmitasining raisi. Polkovnik[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1998-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tugatgan.
  • 2005-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan.
  • 1998-2001-yillarda - Samarqand viloyati prokuraturasining ish oʻrganuvchisi, tuman prokurorining yordamchisi, tuman prokuraturasining tergovchisi.
  • 2001-2002 - Samarqand viloyati prokuraturasi Tashqi iqtisodiy faoliyatdagi qonunbuzarliklarga qarshi kurash boʻlimi katta tergovchisi, Samarqand viloyati prokuraturasi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi katta tergovchisi.
  • 2002-2005-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bosh boshqarmasi katta tergovchisi.
  • 2005-2006-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha xizmatining prokuratura idoralari faoliyati masalalari boʻyicha yetakchi inspektori.
  • 2006-2008-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari – axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi.
  • 2008-2011-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi.
  • 2011-yil 2-fevraldan 2016-yil 20-dekabrgacha - Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt Bоjхоnа qoʻmitаsi rаisi.
  • 2016-yildan 2018-yilgacha - Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi.
  • 2012-yildan 2018-yilgacha - Oʻzbekiston Basketbol federatsiyasi Prezidenti[2][3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Tarjimai holi, 2018-03-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-03-21
  2. (Wayback Machine saytida 2014-04-28 sanasida [https://web.archive.org/web/20140428002008/http://customsunion.kz/bio/754/1.html arxivlangan) Bojxona ittifoqi saytidagi biografiyasi
  3. Biografiya – EAUnion.ru portali, 2015-01-29da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-02-04