Zilzila magnitudasi
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
|
|
Ushbu maqola yoki boʻlimni Magnituda bilan birlashtirish taklif etiladi. (Munozara) |
Zilzila magnitudasi zilzila paytida yuzaga keluvchi seysmik toʻlqinlar energiyasini sifatlovchi kattalikdir. 1935-yili Charles Richter tomonidan taklif etilgan. Zilzila magnitudasi 1 dan 9 gacha boʻlingan. Magnituda ballar bilan oʻlchanmaydi, bu boshqa shkala - zilzila intensivligi shkalasiga tegishlidir.[1]
Zilzila magnitudasi logarifmikdir, masalan, 5,0 magnitudali zilzila 4,0 magnitudali zilziladan 10 marta katta amplitudali boʻladi.
Har yili Yerda taxminan:
- 8,0 yoki undan katta magnitudali 1 zilzila;
- 7,0—7,9 magnitudali 10 zilzila;
- 6,0—6,9 magnitudali 100 zilzila;
- 5,0—5,9 magnitudali 1000 zilzila sodir boʻladi.
Taqqoslash [tahrir]
| Richter magnitudalari | Tavsif | Zilzila taʼsiri | Ehtimolligi |
|---|---|---|---|
| 2,0 dan kam | Mikro | Mikrozilzila, deyarli sezilarsiz. | Kuniga 8000 marta |
| 2.0–2.9 | Kichik | Koʻpchilik sezmaydi. | Kuniga 1000 marta |
| 3.0–3.9 | Sezilarli, biroq bezarar. | Yiliga 49000 marta | |
| 4.0–4.9 | Yengil | Inshootlar ichidagi buyumlar chayqaladi, biroq binolarga sezilarli zarar yetmaydi. | Yiliga 6200 marta |
| 5.0–5.9 | Oʻrta | Nozik imoratlar buzilishi mumkin. | Yiliga 800 marta |
| 6.0–6.9 | Kuchli | 160 km radiusdagi inshootlar buzilishi mumkin. | Yiliga 120 marta |
| 7.0–7.9 | Katta | Jiddiy talafotlarga olib kelishi mumkin. | Yiliga 18 marta |
| 8.0–8.9 | Buyuk | Bir necha yuz km radiusdagi inshootlar buzilishi mumkin. | Yiliga 1 marta |
| 9.0–9.9 | Bir necha ming km raduisdagi inshootlar buzilishi mumkin. |
Har 20 yilda 1 marta | |
| 10.0+ | Ulkan | Butun Yer sayyorasida anchagina sezilarli boʻlishi mumkin. |
Nihoyatda kamdan-kam (bugungacha qayd etilmagan) |
AQSh geologik tadqiqotlariga koʻra[2]