Zefir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zefir — 1) oʻziga xos ensiz boʻylama yoʻllari boʻlgan ipgazlama. Boʻylama yoʻllarni yoʻgʻon tanda iplari yoki rangli iplar hosil qiladi. Zefirdan, asosan, erkaklar koʻylaklari tikiladi; 2) qandolatchilik mahsuloti, shirinlik. Marmeladning bir turi. Turli hoʻl mevalarga qiyom, pektin moddalar, ovqatga ishlatiladigan kislotalar, xushboʻy va rang beruvchi moddalar qoʻshib tayyorlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil