Zaharli jonivorlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zaharli jonivorlar - boshqa organizmlar uchun doimo yoki vaqtinchalik zaharli boʻlgan moddalarni oʻz organizmida saqlovchi jonivorlar. 5 mingga yaqin turi maʼlum. 3. j.dan ilonlar, chayonlar, oʻrgimchaklar, malhamchi qoʻngʻizlar va b. yaxshi oʻrganilgan. Bir xil 3. j. (ilonlar, oʻrgimchaklar, chayonlar)ning zahar ishlab chiqaradigan maxsus bezlari bor; boshqalarida (qoʻngʻizlar, qandalalarda) zaharli modda u yoki bu xildagi toʻqimalarda boʻladi. Zahar himoya yoki boshqa hayvonlarga hujum qilish vositasi hisoblanadi. Boʻshliqichlilar (gidralar, aktiniyalar, meduzalar)da zahar bezlari otuvchi hujayralar, boʻgʻimoyoqlilar (arilar, chayonlar)da nashtar yoki oʻrgimchaklar, koʻpoyoqlilarda xelitseralar, boshqalarda (chayonbaliqlar, dengiz ajdahochalari) suzgichlar yoki jabra qopqoqlaridagi maxsus oʻsimtalar bilan bogʻlangan. Aynan bir xildagi zahar har xil hayvonlarga turlicha taʼsir koʻrsatadi. Bir turning oʻzida ham har xil 3. j. zahari bir xilda taʼsir etmaydi. Masalan, choʻchqalar, shaqildoq ilon, tipratikonlar, qora ilon, choʻl kemiruvchilari chayonlar zahariga kam taʼsirchan boʻladi. Laylak, qargʻa, burgut, mirzaqush kabi qushlar zaharli ilonlarni, tovuqlar qoraqurtni yeydi. Zahar uzoq vaqt davomida ozozdan kiritilganida odam va xayvonlar organizmi unga chidamli boʻlib qoladi. Ilonlar, arilar va b. baʼzi 3. j. zaharidan kam miqdorda davolash maqsadida foydalaniladi.

Norqoʻzi Ergashev.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil