Zagros

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zagros (fors. Patak, Poshtekoʻh) — Erondagi togʻ sistemasi, Eron togʻligining jan.-gʻarbida. Uz. 1600 km chamasida, kengligi 200—300 km, aksar qismining bal. 2000—3000 m, eng baland joyi 4548 m (Zardkoʻh togʻi). 3. vodiy va botiqlar bilan ajralgan bir necha (15—20) parallel tizmalardan iborat. Togʻlar ohaktosh va sla-netslardan tuzilgan. Karst relyef shakli koʻp. Neft konlari bor. Iklimi subtropik, quruq, katta qismining landshafti choʻl. Gʻarbiy, sernam qis-mida dub, qayragʻoch, zarang , akatsiyali oʻrmonlar, yuqoriroqda alp oʻtloklari va past boʻyli butazorlar bor. Kichikroq muzliklar uchraydi. Botiqlarda shoʻrxok, koʻl va vohalar (xurmo, sitrus oʻsimliklar, tokzorlar) mavjud. Bamu va Erjon milliy parklari tashkil etilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil