Zaʼfaron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zaʼfaron (Crocus sativus L.) — sapsarguldoshlarga mansub koʻp yillik oʻtsimon tuganak piyozli oʻsimlik. Yovvoyi xrlda uchramaydi. Hindiston, Pokiston, Xitoy, Janubiy Yevropa, Ozarbayjonda katta maydonlarda ekiladi. Piyozining diametri 1—2 sm. Bargi 5— 15 ta, och sariq rangda; eni 2 mm, tuksiz. Guli 1—4 ta, gultoji oqish, pastki qismi (tashqi tomondan) binafsha rang , uz. 2—4 sm. Changchilari gulqoʻrgʻondan qisqa. Koʻsagi choʻziq, eni 6—7 mm. Fev.—iyulda gullaydi, aprel—avgustda meva beradi. Tarkibida efir moyi boʻlgani uchun hidi juda oʻtkir va yoqimli. 90—100 ming dona 3. gulidan 1 kg kurigan gul tumshuqchalari olinadi. 3. gulining quritilgan tumshuqchalari murabbo, tortlar rangi va taʼmini yaxshilash, oziqovqat (pishloq, sariyogʻ, likyor va b. rang berish uchun), parfyumeriya (atirupa) sanoatida ishlatiladi. Tabobatda doridarmon sifatida qoʻllaniladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil