Yovvoyi oʻrdak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yovvoyi oʻrdak, qizil buyin oʻrdak (Anas platyrhynchos) — oʻrdaklar oilasi turi. Yirik qush, vazni 0,8 dan 2 kg gacha. Yevropa, Osiyo, Shimoliy Afrika va Shimoliy Amerikada yashaydi. Oʻzbekistonda ham keng tarqalgan, deyarli hamma suv havzalarida koʻpayadi. Uchib oʻtuvchi qush, lekin koʻpchiligi qishlab ham qoladi. Suvdan uzoq boʻlmagan har xil joylarga in quradi. Apr. dan boshlab 6 tadan 16 tagacha tuxum qoʻyadi. Tuxum bosishi 26 kun davom etadi. 60 kunda joʻjalari yaxshi uchish qobiliyatiga ega boʻladi. Asosan, oʻsimliklar, baʼzan suvdagi umurtqasiz hayvonlar bilan oziklanadi. Yo. oʻ. muhim ov obʼyekti hisoblanadi. Xonaki oʻrdaklar shu turdan kelib chiqqan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil