Yor-yor (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yor-yor

„Yor-yor“ filmidan skrinshot
Rejissyor(lar) Ali Hamroyev
Ssenariynavis(lar) Rahmat Fayziy
Rollarda
Bastakor(lar)
Muharrir(lar) Odil Yoqubov
Studiya(lar) Oʻzbekfilm
Davomiyligi 70 minut
Mamlakatlar Oʻzbek SSR, SSSR
Tillar Oʻzbekcha, ruscha

Yor-yor“ (ruscha: Где ты, моя Зульфия?) — taniqli oʻzbek rejissori Ali Hamroyev 1964-yil yaratgan musiqiy kinokomediya.[1][2] Film eng sara oʻzbek komediyalaridan biri hisoblanadi, uni baʼzan „oʻzbek milliy komediyasi” deb atashadi.[3]

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baxtiyor (Baxtiyor Ixtiyorov ijro etgan) Zulfiya degan qizni televizorda koʻrib, uni sevib qoladi. Zulfiyani izlab topishga qaror qilgan Baxtiyor otasi bilan butun Oʻzbek SSRni kezadi. Ular juda koʻp odamni uchratishadi, turli voqealarni boshdan kechirishadi, ammo Zulfiyani topa olishmaydi. Toshkentga qaytganlaridan keyin Baxtiyor va uning oilasi shaharning eski qismidagi uylarini tashlab, yangi kvartiraga koʻchib chiqishadi. Film oxirida Baxtiyor yangi uyda Zulfiya bilan qoʻshni ekanligini koʻradi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Information about the Movie 'Where are You, My Zulfiya?'“ (ruscha). Kino-Teatr. Qaraldi: 11-mart 2012-yil.
  2. „Where are You, My Zulfiya?“ (ruscha). Kinopoisk. Qaraldi: 11-mart 2012-yil.
  3. „Ali Hamroyoev: Jack Nicholson to Portray Timur“ (ruscha) (28-fevral 2011-yil). Qaraldi: 11-mart 2012-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]