Yilqichi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yilqichi (Burhinus oedicnemus) — rjankasimonlar turkumining yilqichilar oilasiga mansub qush. Shomda va tunda faol hayot kechiradi. Yerda yaxshi yuguradi va uchadi. Siyrak oʻsimlikli qumli choʻl va sahrolarda, ochiq landshaftlardagi suv boʻylarida yashaydi.

Oʻzbekistonga bahorda uchib keladi; kuzda issiq mamlakatlarga uchib ketadi. Yerdagi uyaga 2 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumlarni nari va modasi 4 hafta bosadi. Joʻjalari 1,5—2 oydan soʻng ucha boshlaydi. Asosan, qoʻngʻizlar, toʻgʻri qanotlilar va b. hasharotlar hamda sudralib yuruvchilar va mayda kemiruvchilar bilan oziklanadi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil