Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatining turli vaqtlardagi barcha aʼzolari

Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati — davlatlararo (xalqaro) iqtisodiy tashkilot. 2000 y. 10 okt.da Belorussiya, Qozogiston, Qirgiziston, Rossiya, Tojikiston prezidenglari Ostona sh.da imzolagan shartnoma asosida taʼsis etilgan (mazkur davlatlar tomonidan 1995 y.da tashkil etilgan Bojxona Ittifoqining huquqiy vorisi). 2002 y. may oyidan Ukraina, Moldova, 2003 y.dan Arma-niston kuzatuvchi maqomiga ega. 2005 y. 6—7 okt.

da Sankt-Peterburg (Rossiya)da Markashi Osiyo hamkorligi tashkiloti (MOHT)ga aʼzo davlatlar boshliklari kengashi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov taklifi bilan davlatlararo iqtisodiy institutegratsiyani yanada rivojlantirish maq-sadlarida MOHT Ye. i.h. bilan qoʻshilgani haqida qaror qabul qilindi. Ye.i.h.ga aʼzo mamlakatlar Davlatlararo kengashining Sankt-Peterburg sammitida Oʻzbskiston mazkur tashkilotta rasman aʼzo boʻldi (2006 y. 25 yanvar). Hamjamiyatning asosiy maqsadlari: davlatlararo integratsiyaning eng yuqori darajasini taʼminlagan holda oʻzaro savdo-sotiqda bosqichma-bosqich tarif va notarif toʻsiklarni bekor qilish yoʻli bilan erkin savdo zonalarini; transport xizmatlari umumiy bozorini va yagona transport sistemasini; umumiy energetika bozorini; yagona bojxona ittifoqini; i.ch. omillarining erkin harakati taʼminlanadigan erkin bozorni va uygʻunlashgan iqtisodiy siyosat amal qiladigan iqtisodiy va valyuta ittifoqini bargyu etish pa b. Hamjamiyat doirasida imzolangan bitim va shartnomalar sap-do-iqtisodiy, moliya, bojxona, tariflar va ijtimoiy sohalardagi hamkorlik masalalarini tartibga sodadi.

Hamjamiyatning oliy organi — aʼzo mamlakatlar davlat boshliqlari va hukumat boshlikdari kiradigan davlatlararo kengash hisoblanadi (bir yilda kamila 3 marta — bir marta prezidentlar darajasila, 2 marta bosh vazirlar darajasila majlislar oʻtkazadi). Hamjamiyatning ijroiya organi — Integratsiya qoʻmita-s i (uning tarkibiga hukumat boshliqlarining iqtisodiyot masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari kiradi). Integ-ratsiya qoʻmitasi majlislari oraligidagi davrda Hamjamiyatning joriy ishlarini Hamjamiyat huzuridagi doimiy vakillar komissiyasi (vakillarni davlat boshliqpari tayinlaydi) boshqaradi. Integratsiya qoʻmi-tasi qoshida doimiy ishlaydigan va 9 dspartamentdan iborat Sekretariat bor. Uni Davlatlararo kengash qarori bilan 3 yil muddatga tayinlanadigan Bosh kotib boshqaradi. Bundan tashqari Hamjamiyat huzurila srlamchi organlar tarzida 13 tarmoq kengashlari va 4 komissiya faoliyat koʻrsatadi. Aʼzo mamlakatlarning parlamentlari vakillaridan iborat Hamjamiyatning Parlamentlararo assambleyasi doirasida davlatlarning qonun chiqaruvchi hokimiyatlari oʻrtasidagi hamkorlik amalga oshirilali (gomonlarning milliy qonunchiligini oʻzaro uygʻunlashtirish va uni hamjamiyat doirasida tuzilgan shartnomalarga muvofiqlashtirish masalalarini koʻrib chiqadi).

Hamjamiyat sudi (har bir davlatdan 2 tadan vakil) hamjamiyat doirasida amal qiladigan shartnomalar va organlar qarorlarini aʼzo davlatlar tomonidan bir xilda qoʻllashni taʼminlaydi. Integratsiya qoʻ;mitasi sekretariati Moskva va Olmaota sh.larida, Parlamentlararo assambleya SanktPeter-burg sh.da, hamjamiyat sudi Minsk sh.da joilashgan. Hamjamiyat 2003 y.lan BMT Bosh ayesambleyasida kuzatuvchi maqomiga ega. Yevropa Ittifoqi, Jahon savdo tashkiloti, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Jahogg banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan. Farhod Hakimov.