Yevro 2016 mezbonini aniqlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

2016-yilgi Futbol boʻyicha Yevropa Chempionati mezbonini aniqlash, 2010-yilning 28-may kuni Jenevada boʻlib oʻtdi. Turnirni qabul qilish uchun Fransiya, Turkiya va Italiya oʻz zayavkalarini topshirishdi, yakunda Fransiya zayavkasi gʻalaba qozondi va Yevro 2016 turnirini oʻtkazish mezbonligini qoʻlga kiritdi.

UEFA Ijroiya qoʻmitasi aʼzolari tarkibi[tahrir]

  • Flag of the United Kingdom.svg Jeff Tompson
  • Flag of Spain.svg Anxel Mariya Vilyar
  • Flag of Germany.svg Teo Tsvantsinger
  • Flag of the Netherlands.svg Mixael van Prag
  • Flag of Portugal.svg Jilbertu Madail
  • Flag of Denmark.svg Alan Xansen
  • Flag of Romania.svg Mircha Sandu
  • Flag of Ukraine.svg Grigoriy Surkis
  • Flag of Lithuania.svg Lyutauras Varanavichyus
  • Flag of Slovakia.svg Frantishek Laurinets
  • Flag of Malta.svg Jozef Misfud
  • Flag of Cyprus.svg Marios Lefkaritis
  • Flag of Israel.svg Avraam Luzon

Ovoz berish paytida oʻz mamlakatlari ishtirok etayotgani sababli «Ijroiya Qoʻmitasi» aʼzolari yaʼni Flag of France.svg Mishel Platini, Flag of Turkey.svg Senesh Erzik va Flag of Italy.svg Jankarlo Abete ovoz berishda ishtirok etishmadi.

Ovoz berish qoidalari[tahrir]

Birinchi raundda har bir mamlakat prioritet boʻyicha qoʻyib chiqiladi: birinchi mamlakat 5 ochko, ikkinchi mamlakat 2 ochko va uchinchi mamlakat 1 ochkoga ega boʻladi. Birinchi raundga binoan 3-oʻrinni egallagan mamlakat, ikkinchi raundga chiqa olmaydi. Ikkinchi raundda eng koʻp ovoz toʻplagan mamlakat mezbonlikni qoʻlga kiritadi.

Ovoz berish natijalari[tahrir]

Fransiya 2-raundda Turkiyadan 1 ta ovoz koʻp toʻplab gʻalaba qozondi.

Nomzod 1-raund 2-raund
Fransiya bayrogʻi Fransiya 43 7
Turkiya bayrogʻi Turkiya 38 6
Italiya bayrogʻi Italiya 23 2-raundga chiqa olmadi
Umumiy 104 13

Turnirni qabul qilmoqchi boʻlgan, biroq oʻz zayavkasini qaytarib olgan mamlakatlar[tahrir]

  • Norvegiya bayrogʻi Norvegiya /Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya - bundan oldin Shvetsiya Yevro 1992ni qabul qilgan edi, biroq mamlakat hukumati qoʻllab-quvvatlamagani uchun 2009-yilning dekabr oyida oʻz zayavkasini qaytarib oldi.
  • Shotlandiya bayrogʻi Shotlandiya /Flag of Wales.svg Uels - bundan oldin Yevropa chempionatini qabul qilishmagan, iqtisodiy inqiroz tufayli oʻz zayavkalarini qaytarib olishdi.
  • Irlandiya bayrogʻi Irlandiya - bundan oldin Yevropa chempionatini qabul qilmagan, Shotlandiya bilan boʻlgan muzokaralar ish bermagach zayavkasini qaytarib oldi.
  • Rossiya bayrogʻi Rossiya - bundan oldin Yevropa chempionatini qabul qilmagan, ketma-ket ikkita Yevropa chrmpionati Sharqiy Yevropada oʻtishi mumkin emasligi bois (2012-yilda «Yevro-2012» Sharqiy Yevropaning mamlakatlari hisoblanadigan Polsha va Ukrainada oʻtkazilgan edi) 2009-yilning dekabr oyida oʻz zayavkasini qaytarib olishga majbur boʻldi.