Yesil (tuman, Shimoliy Qozogʻiston viloyati)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yesil tumani
qoz. Есіл ауданы
Maqomi tuman
Tarkibida Shimoliy Qozogʻiston viloyati
Maʼmuriy markazi Yavlenka
Asos solingan sanasi 1928-yil
Akim Nurakayev Yerik Yesimovich
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi 33,054
Zichligi 6,4 kishi./km²
Millatlar tarkibi Ruslar - 48,38%
Qozoqlar - 43,12%
Ukrainlar - 2,79%
Olmonlar - 2,55%
Tatarlar - 0,62%
Beloruslar - 0,50%
Polyaklar - 0,41% [1][2]
Dinlar tarkibi Xristianlar, Musulmonlar
Maydoni 5,14 ming km²
{{{Oʻzbekcha nomi}}} xaritada
Soat mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 71543[3]
Pochta indeksi 150500-150520[4]
Avtomobil raqami kodi T, 15
Rasmiy sayti

Yesil tumani — Shimoliy Qozogʻiston viloyatining janubi-gʻarbiy qismidagi hududda joylashgan. Yesil tumani 1997-yilning 17-aprelgacha Lenin, undan keyin Moskva nomlari bilan ataldi. Viloyat markazidan 74 km uzoqlikda joylashgan. Maydoni 5,14 ming km2. Aholisi 33 054 kishi (2010). Tuman markazi — Yavlenka qishlogʻi.

Aholisi[tahrir]

Tuman aholisi 1-yanvar 2010-yilgi statistika boʻyicha 33 054 kishini tashkil qildi.[1][2] Tuman aholisining zichligi 6,4 kishi/km².

Aholining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil)[1][2]:

Iqlimi[tahrir]

Iqlimi keskin kontinentli: yanvarda oʻrtacha harorat −19ºC, iyulda 20ºC. yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 300 — 350 mm. Yer havzasi suvlarini, tuman hududining janubi-gʻarbidan oqib oʻtuvchi Yesil daryosining oʻrta qismi va oz miqdordagi koʻllar tashkil qiladi. Katta koʻllari: Yesilning soʻng tomonidagi Alba, Kindikti, Qamisti, oʻng tarafidagi Jaltirkoʻl, Tarankoʻl, Sarikoʻl, Jilandi, Baliqti.

Aholi punktlari[tahrir]

Katta qishloqlari: Yavlenka, Amangeldi, Petrovka, Nikolaevka, Pokrovka, Ilinka, Besqudiq, Bulaq, v.h.

Qishloq xoʻjaligi[tahrir]

Yesil tumani asosan, qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanadi. Qishloq xoʻjaligiga foydalanadigan yer maydoni 454,9 ming ga.ni tashkil qiladi. Ekinzorining 70 %-ga yaqinini bashoqli oʻsimliklar tashkil qiladi. Chorvachiligida asosan sigir, yilqi, qoʻy va choʻchqa boqaladi. Tumanda 2 moy zavodi, non kombinati faoliyat yuritmoqda.

Ijtimoiy soha[tahrir]

Tumanda 1 kasbiy-texnik maktab, 1 qishloq xoʻjalik kolledji, 54 oʻrta maktab, 56 shifokorlik punkt, 3 kasalxona, 10 shifokorlik ambulatoriya, 43 feldsher-akusherlik punkt faoliyat yuritmoqda.

Manbalar[tahrir]