Yer fondi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yer fondi bu maʼlum hududda, uning chegaralari ichidagi (mamlakatda, viloyatda, tumanda va hokazo) xoʻjalik yuritish mulkchilik egalik qilish, foydalanish, ijara obyektlari hisoblangan barcha yerlarning yigʻindisidir.

Yer fondi — mamlakatning jami yer resurslari maydoni. Ye.f. yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadga koʻra quyidagi toifalarga boʻlinadi: 1) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar — sugʻoriladigan va sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, koʻp yillik mevali (mevasiz) daraxtzorlar va tokzorlar va b. ekinlar bilan band yerlar va b.; 2) aholi punktlari (shaharlar, shaharchalar va qishloq aholi punkti) yerlari — shaharlar va shaharchalar, shuningdek, qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlar; 3) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va b. maqsadlarga moʻljallangan yerlar — koʻrsatilgan maqsadlarga foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar; 4) tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar — alohida muhofaza etiladigan tabiiy xududlar egallagan, tabiiy davolash omillariga ega boʻlgan yerlar, shuningdek, om-maviy dam olish va turizm uchun foydalaniladigan yerlar; 5) tarixiymadaniy ahamiyatga molik yerlar — tarixiy-madaniy yodgorliklar joylashgan yerlar; 6) oʻrmon fondi yerlari — oʻrmon bilan qoplangan, shuningdek, oʻrmon bilan qoplanmagan boʻlsa ham, oʻrmon xoʻjaligi ehtiyojlari oʻchun berilgan yerlar; 7) suv fondi yerlari — suv obʼyektlari, suv xoʻjaligi inshootlari egallagan yerlar va suv obʼyektlarining qirgʻoqlari boʻylab ajratilgan mintaqadagi yerlar; 8) zaxira yerlar — yuqorida nomlangan Ye.f. toifalariga ajratilmagan, maʼlum ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik sabablarga kura xalq xoʻjaligi maqsadlarida foydalanish imkoniyatlari boʻlmagan yerlar.

E.f. toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har xoʻjalik yilning 1-yanv.ga nisbatan tuziladi. Ye.f. maʼlumotlari xoʻjalik, tuman, viloyat va mamlakat miqyosida beriladi (jadvalga q.). Bunda Ye.f. tarkibidagi yer turlarining maydon va sifat oʻzgarishlari oʻz aksini topadi.

Oʻzbekistonda Ye.f.ning asosiy qismi (62% ga yaqini) qishloq xoʻjaligi yer turlari toifalariga mansub, qolgan qismi fu-qarolar yerlari — tomorqa (1%), oʻrmon va toʻqayzorlar (3,2%) va qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yerlardan (34,2%) iborat. Shundan sugʻoriladigan yerlar jami yer resurslarining 9,6% tashkil etishiga qaramay respublika qishloq xoʻjaligida yetishtiriladigan yalpi mahsulotning 90% shu yerlardan olinadi (Oʻzbekiston Respublikasi Ye.f.ning toifalar boʻyicha taqsimoti 445-b.dagi jadvalda berilgan).

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Yer munosabatlarini tartibga solishga doir qonun va meʼyoriy hujjatlar toʻplami [I qism], T., 2000.

Qosimjon Rahmonov.[1]


Yer fondi toifalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar — qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va ana shu maqsadlar uchun moʻljallangan yerlar.
  2. Aholi punktlari yerlari — shaharlar, qishloqlar chegara chizigi ichidagi yerlar.
  3. Sanoat transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar — koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun huquqiy shahslarga berilgan yerlardir.
  4. Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar — alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, tabiiy davolash omillariga ega boʻlgan yerlar, shuningdek ommaviy dam olish va turizm uchun foydalaniladigan yerlar.
  5. Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar — tarixiy-madaniy yodgorliklar joylashgan yerlardir.
  6. Oʻrmon fondi yerlari — oʻrmon bilan qoplangan, shuningdek oʻrmon bilan qoplanmagan boʻlsa ham oʻrmon xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlardir.
  7. Suv fondi yerlari — suv havzalari(daryo, koʻllar, suv omborlari va h.), gidrotehnika va suv xoʻjaligi inshootlari egallab turgan yerlar.
  8. Zahira yerlar — huquqiy va jismoniy shaxslar egaligiga, foydalanishiga hamda ijaraga berilmagan, mulk qilib sotilmagan barcha yerlar.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil