Yashil karta (Green Card)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yashil karta (Green Card) avtotransport egalarining fuqarolik mas`uliyatini majburiy sug`urtalash to`g`risida xalqaro shartnomalar tizimi va xorijga chiqayotganlarning fuqarolik mas`uliyatini sug`urtalash dasturi. «Yashil karta» tizimning qatnashchilari bo`lib Yugoslaviyadan tashqari Evropa davlatlari, Janubiy-Sharqiy Osiyo va Afrikadagi ayrim davlatlar, shuningdek Latviya, Estoniya, Moldova va Ukraina hisoblanadi. «Yashil karta» chet el fuqarolarining ushbu davlatlar hududlariga avtomobilda kirishning majburiy sharti hisoblanadi. Tizim 1949 yilda tashkil topgan. Ushbu sug`urtaning huquqiy munosabatlarini belgilab beruvchi sug`urta polisning rangidan O`z nomini olgan. «Yashil karta» (Green Card) - sug`urta hujjati Ittifoqning a`zosi bo`lgan mamlakatning sug`urta kompanyasi tomonidan beriladi. U Ittifoq a`zolari bo`lgan davlatlar hududida haqiqiy hisoblanib, keyinchalik «Yashil karta» bergan sug`urta kompaniyasi rasmiylashtrish va zararni qoplab berish xarajatlarini to`ldirishi sharti bilan ushbu mamlakat sug`urta kompaniyalari etkazilgan zararni hujjatlashtirib «Yashil karta» egalari tomonidan uchinchi shaxslarga etkazilgan zararni qoplab berish majburiyatini oladilar.

Manba: http://www.unic.gov.uz/uzb/glossary.php