Yaponiya aholisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yaponiya aholisi — 128,0 million kishi. Aholisining soni boʻyicha jahon mamlakatlari orasida oʻninchi oʻrinda turadi. Yaponiya tipik Sharq davlatlaridan boʻlishiga qaramasdan, Osiyoda birinchi boʻlib demografik koʻrsatkichlariga koʻra 11-tipdan 1-tipga oʻta oldi. Unda har 1000 aholi hisobiga tugʻilish 10 kishiga, oʻlim esa 7 kishiga toʻgʻri kelmoqda, bolalar oʻlimi koʻrsatkichlari dunyo boʻyicha eng pastdir. Shu bilan birga aholisi oʻrtacha 80 yoshdan ortiqroq umr koʻrmoqda. Yaponiya bir millatli davlat. Aholisining 99 % i yapon millatiga mansub. Yaponiyada aholining oʻrtacha zichligi 1 km. kv. maydonga 339 kishi toʻgʻri keladi. Agar mamlakat aholisining asosiy qismi umumiy maydonining 10 % ida yashashini hisobga olsak, amalda aholi yashaydigan hududlarda bu koʻrsatkich 1000 kishini tashkil qiladi. Yaponiya yuqori darajada urbanizatsiyalashgan davlatlar qatoriga kiradi. Unda jami aholining 65,8 %i shaharlarda yashaydi. Mamlakatda yirik shaharlar soni 200 dan ortadi. Eng yirik shahri mamlakat poytaxti Tokio shahri boʻlib, unda 35 mln. dan koʻproq aholi istiqomat qiladi. Aholisi 1 mln. dan ortiq boʻlgan yana 12 shahari mavjud. Mamlakatda yirik shahar aglomeratsiyalari shakllanmoqda. Tokio- Nagoya-Osaka yoʻnalishi boʻylab 600 km. dan ortiq masoaga choʻzilgan hududida dunyodagi eng yirik megalopolislardan biri boʻlgan Tokaydo tashkil topgan.Shuningdek Yaponiya sanoatlashgan va juda rivojlangan davlatlar qatorida ham yuqori oʻrinlarda turadi.Yaponlarning asosiy dinlari- sintoizm va buddizm. Qiziqarli jihati shundaki, yaponlarning aksariyati ham sintoizm , ham buddizm an'analariga rioya qiladilar.