Yapon orollari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yapon orollari — Tinch okeanning gʻarbiy qismidagi arxipelag . Mayd. 370 ming km2. Ya.o.da Yaponiyaning asosiy qismi joylashgan. 4000 dan ziyod orollarni oʻz ichiga oladi. Eng yirik orollari: Xokkaydo, Xonsyu, Kyusyu, Sekoku. Relyefi, asosan, togʻli. Vulkan koʻp. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Iqlimi subtropik, mussonli, shim.da moʻʼtadil iqlim. Kuzda falokatli tayfunlar boʻlib turadi. Daryolari qisqa va sersuv. Hududining yarmidan ortigʻi oʻrmonlar bilan qoplangan.