Yangiqoʻrgʻon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yangiqo'rg'ondan yoʻnaltirildi)
Yangiqoʻrgʻon
shahar
41°11′14″N 71°44′0″E / 41.18722°N 71.73333°E / 41.18722; 71.73333 G OKoordinatalari: 41°11′14″N 71°44′0″E / 41.18722°N 71.73333°E / 41.18722; 71.73333 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Namangan viloyati
tuman Yangiqoʻrgʻon tumani
Aholisi
16 100
Vaqt mintaqasi UTC+5
Yangiqoʻrgʻon xaritada

Yangiqoʻrgʻon — Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanidagi shaharcha (1976 yil dan), tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Chortoq (16 km). Viloyat markazi (Namangan shahri) gacha 22 km. Aholisi 16,1 ming kishi (2005). Aholisi va xoʻjaliklari Pochchaotasoydan suv oladi. Paxta tozalash zavodi, non kti, tikuvtrikotaj f-kasi, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxona va boshqalar korxonalar bor. Kichik, oʻrta biznes korxonalari, mikrofirmalar faoliyat koʻrsatadi. Dehqon bozori, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa va sport maktablari, litseyinternat, kasb-hunar kollejlari bor. Tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uyi, klub muassasalari, madaniyat saroyi ishlab turibdi. Sport majmuasi faoliyat koʻrsatadi. Tuman markaziy kasalxonasi, veterinariya laboratoriyasi, teritanosil kasalliklari kasalxonasi, poliklinika, dorixonalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Yangiqoʻrgʻon — Chortoq, Yangiqoʻrgʻon — Namangan yoʻnalishlari boʻyicha avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.