Yalmogʻiz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yalmogʻiz — xalq ogʻzaki poetik ijodida keng tarqalgan mifologik obraz. Kelib chiqishi jihatidan ayollar saltanati (matriarxat) bilan bogʻliq mifologik tasavvurlarga borib taqaladi. Ya. gʻayritabiiy magik kuchga ega boʻlgan, oʻta xunuk qari kampir sifatida tasvirlanadi. U ertak va dostonlarda epik qahramon sarguzashtlariga toʻsqinlik qiluvchi asosiy yovuz kuchlardan biri sanaladi. Ya. hammavaqt qahramonni oʻldirmoqchi boʻladi. Ammo har gal yo oʻzi nobud boʻladi, yoki qahramonga boʻysunib, uning qiyin ishlariga koʻmaklashadi. Ya. oʻz faoliyatida sehrjodudan, tilsimli buyumlardan foydalanadi. Jodugar, shum kampir, maston kabilar Ya.ning xalq orasidagi variantlari hisoblanadi.