Yakkasaroy tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yakkasaroydan yoʻnaltirildi)
Yakkasaroy tumani
tuman
41°16′34″N 69°14′49″E / 41.27611°N 69.24694°E / 41.27611; 69.24694 G OKoordinatalari: 41°16′34″N 69°14′49″E / 41.27611°N 69.24694°E / 41.27611; 69.24694 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
Mintaqa Toshkent
Hukumat
 • hokim Nulufar Allabergenova
Asos solingan 1936-yil
Maydon 14.60 km2 (5.64 mi²)
Aholisi
 (2009)
115 000
Yakkasaroy tumani xaritada
Yakkasaroy tumani
Yakkasaroy tumani

Yakkasaroy tumani yoki Yakkasaroy – Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy tuman. 1936-yil Frunze tumani nomi bilan tashkil qilingan. 1992-yil maydon Yakkasaroy tumani deb ataldi. Tuman Toshkentning janubiy va qisman markaziy qismida joylashgan. Yakkasaroy hududi boʻyicha shaharning eng kichik tumani hisoblanadi. Toshkentning Toshkent viloyati bilan umumiy chegarasiga ega boʻlmagan yagona tumani. Poytaxtning markaziy qismida joylashgan. 2009-yilgi hisob boʻyicha maydoni 1460 gektarni, aholisi 115,0 ming kishini tashkil etadi[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1936-yil 26-avgustda Toshkent shahrining Frunze tumani tashkil topgan. Bu hudud Sovet davlat arbobi va harbiy arbobi Mixail Vasilyevich Frunze sharafiga nomlangan. 1992-yil 8-mayda tuman Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani deb oʻzgartirildi.

Joylashuvi va chegarasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yakkasaroy tumani Shimolda Shayxontohur tumani, sharqda Mirobod tumani, janubda Sergeli tumani, gʻarb va janubi-gʻarbda Chilonzor tumani bilan chegaradosh.

Shayxontoxur tumani bilan chegarasi Islom Karimov koʻchasi (sobiq Oʻzbekiston koʻchasi) boʻylab oʻtadi.

Mirobod tumani bilan chegara Sharaf Rashidov koʻchasi, Mirobod koʻchasi, Katta Mirobod koʻchasi, Ivleva koʻchasi, Kichik Beshyogʻoch koʻchasi va Oq yoʻl koʻchasi boʻylab oʻtadi.

Sirgʻali viloyati bilan chegarasi Oʻrta Osiyo temir yoʻli boʻylab oʻtadi.

Chilonzor tumani bilan chegarasi Boʻrjar kanali boʻylab oʻtadi.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yakkasaroy tumani hududidan Bo'rjar va Salor kanali oqib oʻtadi. Hududning koʻkalamzorlashtirilgan maydoni 1300 gektarni tashkil etadi (hududning 89%).

Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yakkasaroy tumanida 196 ta koʻcha mavjud boʻlib, Kichik halqa yoʻli, Bobur koʻchasi, Usmon Nosir koʻchasi, Shota Rustaveli koʻchasi, Nukus koʻchasi, Oʻzbekiston koʻchasi, Afrosiyob koʻchaslari asosiylari hisoblanadi. Tuman hududida „Oʻzbekiston“ yoʻnalishidagi "Kosmonavtlar" metro bekati, „Toʻqimachi“ yuk stansiyasi, „Toshkent“ janubiy vokzali va avtovokzal joylashgan.

Yashash madoni (Uy-joy fondi)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tumandagi koʻp qavatli binolar asosan, „Boshliq“ va „Qushbegi“ turar joy massivlari joylashgan.

Korxonalar va tashkilotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yakkasaroy tumanida 17 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 24 ta sanoat korxonasi va 32 ta qurilish tashkiloti joylashgan. 3 ta avtotransport korxonasi, yuk ortishtushirish temir yoʻl stansiyasi va avtovokzal xizmat qiladi. Yirik sanoat korxonalaridan „Toshtoʻqimachi“ kombinati, „Toshkent yogʻochni qayta ishlash zavodi“, Temirbeton mahsulotlari zavodi, „Agama“ korxonasi, poyabzal, Sanoatindustriya birlashmalari va boshqa korxonalar faoliyat koʻrsatadi. Yakkasaroyda 26 ta ilmiy tadqiqot instituti, loyihalash tashkilotlari va konstruktorlik byurosi, 4 ta oliy oʻquv yurti (Nizomiy nomidagi Pedagogika universiteti, Toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Mannon Uygʻur nomidagi Sanʼat instituti, Toshkent Xoreografiya oliy maktabi), 6 ta kasbhunar kolleji va litseylar, 19 ta umumiy taʼlim, 2 ta sport, 2 ta musiqa maktablari, 8 kutubxona mavjud. Tuman aholisi salomatligi muhofazasini 14 ta davolash muassasasi va 5 ta oilaviy shifoxona taʼminlaydi. „Toʻqimachi“ stadioni, 4 suzish havzasi, 29 sport zali, 89 korxona va muassasalarga qarashli sport maydonchalari, 2 mehmonxona, 1 ta kinoteatr, 9 ta kutubxona, Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bogi, Respublika Baynalminal madaniyat markazi, qoʻgʻirchoq teatri, Amaliy sanʼat muzeyi, Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasining koʻrgazmalar zali bor. Aholiga 97 ta oziq-ovqat, 60 ta sanoat mollari doʻkoni, 188 ta umumiy ovqatlanish korxonasi, 129 ta maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi va „Askiya“ dehqon bozori xizmat koʻrsatadi[2].

Taʼlim va madaniyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman hududida 26 loyiha instituti va konstruktorlik byurolari, A. Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti mavjud. Oliy raqs va xoreografiya maktabi, Qoʻgʻirchoq teatri, Amaliy sanʼat muzeyi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi koʻrgazmalar zali bor.

Madaniy meros obyektlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yakkasaroy hududida Shoshtepaning tarixiy obidalari (miloddan avvalgi IV asr) hamda tarixiy qal’a darvozalari (1880) bor.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent.uz – Yakkasarayskiy rayon (Wayback Machine saytida 2016-02-26 sanasida arxivlangan) (uzb).
  2. V „Yakkasarayskom texnoparke“ deystvuyut okolo 200 subʼektov predprinimatelstva[sayt ishlamaydi]