Xulq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xulq, xulq-atvor — axloqshunoslik tushunchalaridan biri. Insonning feʼlatvori bilan bogʻliq axloqiy hodisa boʻlib, kishi feʼlining axloqiylik doirasida namoyon boʻlishi tushuniladi. Insonning axloqiylik doirasidagi xattiharakatlari X.dan tashqari odob va axloqkp oʻz ichiga oladi. Odob inson haqida yoqimli taassurot uygʻotadigan, lekin oila, jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida oʻzgarish yasaydigan darajada ahamiyat kasb etmaydigan xattiharakatlardan iborat boʻlsa, axloq — muayyan jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun taʼsir eta oladigan turli xattiharakatlar majmui, insoniy kamolot darajasini belgilovchi maʼnaviy hodisa. X. qamrovlilik jihatidan ana shu ikki hodisa oʻrtasidagi xususiyatlarga ega; u odobdan keng , axloqdan tor maʼnoga ega boʻlib, axloq singari jamiyat, zamon, tarix miqyosidagi voqelikka taʼsir koʻrsata olmaydi. Lekin, oila, mehnat jamoasi, mahallakoʻy doirasida sezilarli darajada koʻzga tashlanadi. Axloq oʻzini ezgulik va yovuzlik, adolat, insonparvarlik, fidoyilik singari ijtimoiylashgan tushunchalar va tamoyillarda namoyon qilsa, X. yaxshilik va yomonlik, burch, jumardlik, mehmondoʻstlik kabi tushunchalarda aks etadi, odob esa kamtarlik, insoflilik, bosiqlik, halollik, rostgoʻylik va b. axloqiy meʼyorlarda ifodalanadi. Sharq falsafasi va axloq ilmida mazkur uch axloqiy hodisa, juda qatʼiy chegaralangan boʻlmasada, bir-biridan farkdi tarzda olib qaralgan. Yevropada esa X. bilan axloq koʻp hollarda aynanlashtiriladi yoki ular bir-biriga sinonim tushunchalar sifatida talqin etiladi.

X. oʻzicha, "sof" olinganda mavhum axloqiy hodisa, u inson xattiharakatlarida aniqlik kasb etadi; ijobiy xattiharakatlarda namoyon boʻlishi — xushxulqlilik, salbiy aʼmollardagi koʻrinishi — badxulqlilik deb ataladi. Xushxulq inson muloyim, shirinsuxan, mexribonlik bilan munosabatda boʻlsa, badxulq odam qoʻpol, ogʻzi shaloq, bemehr va h.k. boʻladi.

Abdulla Sher.