Ernafas Xoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xoʻjayev Ernafasdan yoʻnaltirildi)
Ernafas Xoʻjayev
Tavalludi 15-may 1916-yil
Romitan shahar, Buxoro viloyati
Vafoti 13-noyabr 1944-yil
Malaya Turka qishlogʻi, Polsha

Ernafas Xoʻjayev (1916.15.5, hozirgi Buxoro viloyati Romitan shahar — 1944.13.11, Polsha, Malaya Turka qishlogʻi) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1941-yildan frontda. 717-oʻqchi polki (1-Belorussiya fronti 48-armiyaning 170-oʻqchi diviziyasi)da vzvod komandiri oʻrinbosari, starshina. 1944-yil 18-iyulda Polshaning Xaynuvka shahridan shimoli-sharqda joylashgan Semenuvka qishlogʻi yaqinidagi jangda safdan chiqqan vzvod komandiri oʻrnida jangchilarni hujumga boshlagan. Qoʻl jangida jasorat koʻrsatgani uchun Qahramon unvoni berilgan (1945-yil 24 mart, vafotidan soʻng). Romitan shahar va Romitan tumanidagi qishloqlardan birida byusti oʻrnatilgan. Qishloqdagi oʻrta maktabga uning nomi berilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil