Xenan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xenan — Xitoydagi provinsiya, Xuanxe va Xuayxe daryolarining oʻrta va quyi oqimi havzalarida. Mayd. 167 ming km2. Aholisi 93,2 mln. kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Chjenchjou sh.

X.ning shar kiy qismi Buyuk Xitoy tekisligida, garbida Sinlin va Tayxanshan togʻlari tarmoqyaari joylashgan. Daryolari zich. Xitoyning muxim dehqonchilik rni. Asosiy ekinlari: bugʻdoy, makkajoʻxori, gaolyan, dukkaklilar, sholi. 2 yil davomida 3 marta hosil yigʻishtirib olinadi. X. Xebey provinsiyasi bilan birga mamlakatning asosiy paxtachilik rni hamdir. Shuningdek, yer yongʻoq, kunjut, togʻ yon bagʻirlarida choy ekiladi. Bogʻdorchilik bilan shugʻullaniladi. X.da oziq-ovqat va yengil sanoatlar rivojlangan. Kumir sanoati — ogʻir sanoatning yetakchi tarmogʻi. Metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, sement, qogʻoz sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik bilan shugʻullaniladi. X. xududidan muhim t.ylar oʻtgan. Asosiy sanoat markazlari: Chjenchjou, Loyan, Kayfin, Nanyan va b.