Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (XST)[tahrir]

ISO — inglizcha: International Organization for Standardization — butun dunyo boʻyicha xalqaro standartlarni ishlab chiquvchi va qayta ishlovchi tashkilot hisoblanadi. Mazkur tashkilot boshqaruv organi Shvetsariyaning Jeneva shahrida joylashgan boʻlib, oʻz faoliyatini 1948-yili boshlagan. Hozirda 162 davlat milliy standartlashtirish institutlarini oʻzida birlashtirgan. U xalqaro standartlarni, shu jumladan, 9000-turkumidagi standartlarni ham ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Toʻqqiz ming — ushbu standartga berilgan tartib raqamidir. Standartlar turkumi deb atalishiga sabab, ISO 9000 standartidan tashqari, ISO 9000 „Sifat menejmenti“ oilasiga kiruvchi yana ISO 9001 va ISO 9004 standartlari ham mavjud.

  • ISO 9000 — Asosiy qoidalar, atama va taʼriflar lugʻati;
  • ISO 9001 — Talablar; Xalqaro standartlarga qoʻyilgan talablar ISO 9002 va ISO 9003 standartlarida ham kengroq yoritilgan.
  • ISO 9004 — Yanada rivojlanish va faoliyatni yaxshilash boʻyicha tavsiyalar.

Toʻqqiz ming sonidan keyin yoziladigan toʻrtlik sonlar, standartning qaysi yili qabul qilinganligini bildiradi. Misol uchun:

  • ISO 9000:1987 —BS 5750 bilan mos tushgan, uchta sifat nazorati modelini oʻzida mujassam etgan. ISO 9000:1994; ISO 9000:2000;

ISO 9000:2008 Xozirgi kunda korxona va tashkilotlar sifatli boshqaruvning asosiy talablarini bajarish orqali mahsulot yoki xizmat sifatiga urgʻu berib oʻz nufuzlarini oshirishga harakat qilishadi. Shu sababli ISO 9001 standartlarini bajarish ommalashganligi sababli, xozirgi kunda bu standartlashtirish tizimi mashhurdir. Demak, sifat menejmenti — bu yuqori sifatli boshqaruv va rahbarlikning oʻzaro muvofiq keluvchi faoliyatidir. Sifat menejmenti — oʻz ichiga sifatni boshqarish, sifatni rejalashtirish, sifatni taʼminlash, sifatni yaxshilashni qamrab oladi.

Manba[tahrir]

  • Birja Ekspert. 2010-yil mart, 3 (27)-son. R. Nurimbetov, K. Ergashev. Mahsulot raqobatbardoshligini taʼminlashda

sifat menejmentini joriy etishning oʻrni


Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

30px

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.