Xalqaro Slavyan Kanali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xalqaro Slavyan Kanali
Intern
Mamlakat Ukraina
Koʻrsatuv hududiYer bayrogʻiButun dunyo
Asos solingan
Asoschi(lar)Ivanenko Valeriya Vladimirovna
XoʻjayiniIvanenko Valeriya Vladimirovna
Vebsaytslav.tv

Xalqaro Slavyan Kanali yoki SCI (oʻqilishi Es-Si-Ay) — 1994-yilda Ivanenko Valeriya Vladimirovna televizion kanal.

Uning vazifasi butun dunyodagi slavyanlarni va jahon hamjamiyatini slavyanlar hayotining turli xil jihatlari, slavyanlarning gʻaroyib tarixi, boy anʼanalar, madaniyat, yutuqlar va dunyo sivilizatsiyasining rivojlanishiga slavyanlarning ulkan hissasi toʻgʻrisida axborot berishdan iborat.

„Xalqaro Slavyan kanali“ ("International „Slavonic Channel“) 2008 yil 12 sentyabr kuni Ukraina hududida yoʻldosh orqali efirga uzatildi (Sirius-4 Satellite 5° East Frequency 12075 MHz (H) Symbol Rate: 27,5 Msymb/s FEC 3/4 & Astra-2 Satellite 31,5° East Frequency 12090 MHz (H) Vertical Symbol Rate: 27,5 Msymb/s FEC 9/10). SCI kecha-kunduz ishlaydi va oʻzining eshittirishlari va koʻrsatuvlari bilan 1 milliard 202 million kishilik aholi yashaydigan hududni qamrab oladi. Eshittirishlar (dastlab Ukraina hududidan) toʻrt tildagi ovoz yoʻlakchalari: rus, ukrain, ingliz va mahsulot ishlab chiqaruvchi mamlakat tilida olib boriladi. Kelajakda eshittirishlar bir vaqtning oʻzida jahonning barcha slavyan tillarida, shuningdek fransuz, nemis, ispan, portugal, arab va xitoy tillarida ham amalga oshiriladi. Telekanalning mavzulari — madaniy-maʼrifiy.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sobiq SSRI hududidan bevosita yoʻldosh orqali eshittirishlar berishning dastlabki tajribasi Ukraina hududidan „Xalqaro Slavyan kanali“ ning eksperimental olib eshittirishi boʻldi. Efirga eksperimental uzatish 1994 yilning 14 dekabr kunidan 1995 yilning 15 may kunigacha amalga oshirildi. Loyihaning mualliflari: Ivanenko Vladimir Aleksandrovich va Ivanenko Valeriya Vladimirovna.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maщenko I. G. Ukrainada televidenie. Birinchi jild „Televidenie de facto“. — Nikolaev, 1998. — 341 b.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]