Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi
| Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi
Comité International Olympique International Olympic Committee |
|
|---|---|
| Faoliyati | Sport |
| Shiori | Citius, Altius, Fortius
O'zbekcha: Tezroq, Balandroq, Kuchliroq Latin: Faster, Higher, Stronger |
| Asos solingan yili | 1894-yil 23-iyun |
| Prezidenti | Jak Roje |
| Asoschilari | Pier de Kuberten, Dmitrius Vikelaslar |
| Joylashuvi | Lozanna, Shveytsariya |
| Vebsayti | www.olympic.org |
Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ) — Olimpiya oʻyinlari tashkilotchisi va olimpiya harakatini targʻib qilivchi xalqaro tashkilotdir. XOQ qarorgohi Lozanna, Shveysariyada joylashgan.
Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasiga 1894-yil 23-iyun kuni Parijda Pier de Kuberten va Dmitrius Vikelaslar asos siloshgan. Har yili 23-iyun kuni butun dunyoda „Xalqaro olimpiya kuni“ nishonlaniladi.
Mundarija |
XOQ missiyasi va roli [tahrir]
Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ) — Olimpiya Harakatining bosh hokimiyati hisoblanadi. XOQ bosh hokimiyati ostida Olimpiya Harakati tashkilotlari, sportchilar va Olimpiya Xartiyasiga amal qilishga rozilik bildirgan boshqa shaxslarni birlashtiradi. Olimpiya Harakatiga tegishlilik mezoni Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasini tan olish hisoblanadi. Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasini oʻrni, Olimpiya Xartiyasiga hamohang ravishda sportgi yutuqlarini va ommaviy sport targʻibotini amalga oshirishda namoyon boʻladi. XOQ muntazam ravishda Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazilishini oʻz zimmasiga oladi, shuningdek, ayollar sporti, sport etikasi va sportchilar huquqlarini himoya qilishda qatnashadi.
Aʼzolik [tahrir]
XOQning 105 nafar faol va 32 nafar fahriy aʼzolari boʻlib, ular minimum bir yilda bir martta yigʻilishadi. Sessiyada XOQ prezidenti 8 yil muddatga va Ijroqoʻm aʼzolari 4 tillik muddatga saylanadi.
XOQ xuquqlari [tahrir]
XOQ musobaqalardagi barcha oʻziga tegishli boʻlgan xuquqlar, yaʼni, marketing, teletranslatsiyalar namoyishi va ovozli eshittirishlarga egalik qiladi.
Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi Prezidenti [tahrir]
Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi Prezidenti XOQ aʼzolari tomonidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan 8 yil muddatga saylanadi, bunda keyingi 4 yillik muddatga qayta saylanish imkoniyati mavjud. XOQ Prezidenti ushbu tashkilot faoliyatining oʻzining rahbarligiga tegishli barcha sohalarida ishtirok etadi. XOQning hozirgi prezidenti 2001-yil 16-iyuldan Jak Roje (Belgiya) hisoblanadi. Kopengagendagi (Daniya) XOQning 121-sessiyasida Jak Roje navbatdagi va soʻnggi 4 yillik muddatga XOQ Prezidenti etib qayta saylandi.
Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi Ijroqoʻmi [tahrir]
XOQ Ijroqoʻmi 1921-yilda tashkil etilgan va Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi Prezidenti, 4 ta Vitse-prezident va 10 ta qoʻshimcha aʼzolardan iborat. Ijroqoʻmning barcha aʼzolari Sessiyada yashirin ovoz berish yoʻli bilan ular uchun berilgan koʻpchilik ovozi bilan saylanadilar. Ijroqoʻm Vitse-prezidentlari va 10 ta qoʻshimcha aʼzolari vakolat muddati 4 yil qilib belgilangan.
XOQ Prezidentlari [tahrir]
| Prezident | Mamlakat | Prezidentlik yillari | Qoʻshimcha qaydlar |
|---|---|---|---|
| Vikelas Demetrius | 1894—1896 | ||
| Baron Pier de Kuberten | 1896—1916 va 1919—1925 | Eng uzoq muddat 29 yil Prezidentlik qilgan | |
| Baron Godfrua de blone | 1916—1919 (v. b.) | ||
| Graf Anri de Baye-Latur | 1925—1942 | XOQ qarorgohida vafot etgan | |
| Zigfrid Edstrim | 1946—1952 (v. b. 1942—1946) | ||
| Everi Brebdedj | 1952—1972 | Shu kunga qadar Evropalik boʻlmagan Prezident | |
| Lord Maykl Killanin | 1972—1980 | ||
| Markiz Xuan Antonio Samaranch | 1980—2001 | Ikkinchi eng koʻp muddat (21 yil) Prezidentlik qilgan | |
| Graf Jak Roje | 2001-yildan | Ikkinchi belgiyalik prezident. 2013-yil vakolati tugallanadi. |
Havolalar [tahrir]
| Vikipediyada «Sport» loyihasi bor |
