Xabi Alonso

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xabi Alonso
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Xabier Alonso Olano
Tavallud sanasi 25-noyabr 1981-yil (1981-11-25) (42 yosh)
Tavallud joyi TolosaIspaniya bayrogʻi Ispaniya
Boʻyi 183 sm
Ampluasi yarim himoyachi
Laqabi Senyor, Maestro
Klub maʼlumoti
Joriy klub
faoliyatini yakunlagan
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Antiguoko
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1999—2004
2000—2001
2004—2009
2009 — 2014
2014 — h.z
Real Sosedad
Eibar
Liverpul
Real Madrid
FC Bayern Munich
(114 (9)
14 (0)
143 (15)
158 (4)
64 (4))
Milliy terma jamoa
2000
2002—2003
2003 — 2014.
2001 — 2012.
Ispaniya U-18
Ispaniya U-21
Ispaniya
Basklar mamlakati
(1 (0)
9 (0)
114 (16)
7 (0))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Xabier Alonso Olano (talaffuzi: Xabyer Alonso Olano); 25-noyabr 1981, Tolosa, Basklar mamlakati) — ispaniyalik professional futbolchi, Ispaniya terma jamoasi va „Real Madrid“ klubi yarim himoyachisi. Yevro 2004, 2006-yilgi Jahon chempionati, Yevro-2008, 2010-yilgi Jahon chempionati va Yevro 2012 musobaqalari ishtirokchisi hisoblanadi.

Alonso oʻzining uzoq masofalardan gol urish isteʼdodi bilan ajralib turadi. Angliya kubogi doirasidagi „Luton Taun“ jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda u ikkita golini uzoq masofadan kiritgan, uning birini esa 60 metrdan kiritgan. 2006-yilning sentabrida Premyer liga musobaqasida „Newcastle United“ bilan kechgan oʻyinda u maydonning yarmidan tepgan toʻpi gol bilan yakunlangan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xabi Alonsoning oilasi professional futbolchilar oilasi sirasiga kiradi. Uning otasi Periko Alonso bir vaqtlar „Real Sosedad“ jamoasida toʻp surgan va jamoa bilan ikki karra Ispaniya chempioni boʻlishga erishgan. Hamda "Barselona" jamoasi safida ham toʻp surgan. Akasi Mikel Alonso esa „Charlton Atletik“ jamoasida yarim himoyachi sifatida faoliyat yuritadi. Yana bir akasi Yon esa futbol hakami.

Alonso „Real Sosedad“ futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U „Real Sosedad“ tarkibida 1999/2000 mavsumda oʻz debyutini oʻtkazgan. Uning birinchi marta maydonga chiqishi 1999-yil 1-dekabrda Ispaniya kubogi doirasida „Logrones“ jamoasiga qarshi boʻlgan.

"Real Sosedad"[tahrir | manbasini tahrirlash]

2000/01 mavsumning yarmida Alonso „Eybar“ jamoasida ijara asosida oʻynadi, soʻng oʻz jamoasiga qaytib asosiy tarkibda oʻynash uchun kurashishni boshladi. 2002/03 mavsumdagi jamoaning kutilmagan muvaffaqiyati, yaʼni Ispaniya chempionatida ikkinchi oʻrinni egallashida Alonsoning hissasi katta boʻldi. Xabi Alonso oʻsha mavsumda 33 ta oʻyinda maydonga tushdi va bitta urishga muvaffaq boʻldi. U jamoaning muhim oʻyinchisiga aylandi va u ispaniya futbolida porlayotgan yangi yulduz degan taʼriflarga sazovor boʻldi.

Ispaniya termasida u birinchi marta 2003-yil 30-aprelda Ekvador terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

"Liverpul"[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004-yilning avgustida Alonso angliyaning „Liverpul“ jamoasi safiga oʻtdi. U Angliya Premyer-ligasida 29-avgust kuni „Bolton Uonderers“ jamoasiga qarshi 0:1 „Liverpul“ning zarariga hal boʻlgan oʻyinda debyutini oʻtkazdi. Angliyadagi oʻzining birinchi golini 16-oktabrda „Fulxem“ga qarshi oʻyinda jarima zarbasidan kiritdi. Oʻsha oʻyinda Liverpul 0:2 hisobida magʻlubiyatga uchrayotgandi, Alonso zahiradan maydonga tushganidan soʻng, natija 4:2 hisobida „Liverpul“ gʻalaba qozondi.
Toʻpni nazorat qilish va paslarni yaxshi berish isteʼdodi Alonsoning „Liverpul“ jamoasida asosiy tarkibda muqim oʻrnashishiga sabab boʻldi. Uning uzoq masofaga aniq toʻp uzatishlari va tomoshabop qattiq zarbalari „qizillar“ning muxlislarini eng sevimli oʻyinchisi boʻlishiga turtki boʻldi.