Whitney Houston

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Whitney Houston
Foto
Tugʻilgan paytidagi ismi: Whitney Elizabeth Houston
Tavalludi sanasi: 9-avgust, 1963-yil(1963-08-09)
Tavalludi joyi: Newark, New Jersey, AQSH bayrogʻi AQSh
Vafoti sanasi: 11-fevral, 2012-yil(2012-02-11)
(48 yoshda)
Vafoti joyi: Beverly Hills, California,, AQSH bayrogʻi AQSh
Faoliyat yillari: 1977 - 2012
Janr: Pop, soul, R&B
WhitneyHouston.com

Whitney Elizabeth Houston (talaffuzi: Uitni Elizabet Hyuston; 9-avgust, 1963 – 11-fevral, 2012) amerikalik qoʻshiqchi, aktrisa, produser va model boʻlgan. Guinness Dunyo Rekordlari kitobiga eng koʻp taqdirlangan ayol sifatida kirgan.[1] Uning jami 415 mukofotlari orasida ikkita Emmy, oltita Grammy, 30 ta Billboard Music Awards, 22 ta American Music Awards va boshqa nufuzli mukofotlar bor. Houston shuningdek 170 milliondan ortiq albom va singl sotib, eng muvaffaqiyatli artistlar qatoriga kirgan.[2][3] Houston jami yettita studiyaviy va uchta soundtrack albomlar chiqargan, ularning hammasi kamida platina yoki oltin sertifikatlari olgan. Uning "Saving All My Love for You", "How Will I Know", "Greatest Love of All", "I Wanna Dance with Somebody (Who Loves Me)", "Didn't We Almost Have It All", "So Emotional" va "Where Do Broken Hearts Go" ashulalari hit-paradlarda birinchi oʻrinlarni egallagan.

Houston shuningdek kinoda ham oʻynagan. Uning eng mashhur filmlaridan biri — Tansoqchi (1992). Filmda ijro etilgan "I Will Always Love You" ashulasi musiqa tarixida eng koʻp sotilgan singllardan boʻldi. Shuningdek u Waiting to Exhale (1995) va The Preacher's Wife (1996) filmlarida suratga tushgan.

Hayotining soʻnggi yillarida giyohvandlik muammolariga duch kelgan Houston 2012-yil 11-fevralida Beverly Hilton (California) mehmonxonasida vafot etdi.[4]

Diskografiyasi[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. Whitney Houston biography. whitneyhouston.com (August 19, 2009). November 22, 2010.
  2. Dobuzinskis, Alex (September 15, 2009). "Whitney Houston, as of 2009, said she was "drug-free"". Reuters. http://www.reuters.com/article/entertainmentNews/idUSTRE58D4Y020090915. Qaraldi: January 13, 2010. 
  3. Whitney Houston Biography. whitneyhouston.com. January 12, 2010.
  4. "Whitney Houston, 48, found dead in Beverly Hills". Los Angeles Times. February 11, 2012. http://latimesblogs.latimes.com/lanow/2012/02/whitney-houston-dead-beverly-hills.html. Qaraldi: February 11, 2012. 

Havolalar[tahrir]