Vize yarusi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vize yarusi (Belgiyadagi Vize sh. nomidai) — erta karbon davrining pastdan ikkinchi yarusi. 1882 yilda belgiyalik olim Ch. Dyupon ajratgan. Den-giz ohaktoshlari orasida turli hayvonlarning qoldiqlari (braxiopoda, goniatit va h.k.) uchraydi. V. ya. jinslari RF (Rus platformasi, Oltoy, Sibir, Donbass, Ural), Angliya, Fransiya, KXDR va b. joylarda, Oʻrta Osiyoda, jumladan Oʻzbekistonda, maʼlum. DnepropetrovskDonesk, Lvov-Volin choʻkmalarida V.ya. jinslaridan neft, gaz, koʻmir, dolomit va b. konlar topilgan. Oʻzbekistonda V.ya. jinslari Chatqol-Qurama, Turkiston, Hisor togʻlarida bor. Jan. Tyanshanda neft belgilari V.ya. jinslaridan topilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil