Vinilatsetat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vinilatsetat, CH3COOCH=CH2 — sirka kislotaning vinil efiri; rangsiz suyuqlik. Molar massasi 86,09, qaynash harorati 73°, zichligi 934,2 kg/m3 (20°da). Oddiy organik erituvchilarda yaxshi eriydi, suvda eruvchanligi 2,0—2,4 %. Sanoatda vinilatsetat palladiy tuzlari ishtirokida, kislorodli muhitda sirka kislotaga etilen taʼsir ettirib olinadi. Polimerlash yoʻli bilan vinilatsetatdan plastmassa, lok, yelim va organik shisha tayyorlashda ishlatiladigan polivinilatsetat olinadi.


Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil