Vikipediya:Oy tarjimasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbek Vikipediyasi oʻz jamoatini ragʻbatlantirish, yangi va yaxshi sifatli ensiklopedik maqolalar yozishga ruhlantirish uchun Oy tarjimasi tanlovini eʼlon qiladi. Bu tanlov ishtirokchilari biror til boʻlimida "Tanlangan maqola" unvoniga ega biror maqolani oʻzbek tiliga oʻgirishlari va nomzodlikka qoʻyishlari kerak. Oy oxirida bu nomzodlar orasidan eng yaxshisi tanlab olinadi, va uning muallifiga mukofot topshiriladi.

  • Maqola boshqa til boʻlimida tanlangan boʻlishi kerak (bu yerdagi roʻyxatda ingliz tilida tanlangan maqolalar keltirilgan).
  • Maqola imlo xatolarisiz, imkon qadar sof oʻzbek tilida yozilishi kerak.
  • Maqolada ishlatilgan andozalar ham Oʻzbek Vikipediyasiga koʻchirilishi kerak.
  • Maqolani faqatgina bir foydalanuvchi yozishi lozim (botlardan tashqari).

Ishni boshlash[manbasini tahrirlash]

Avvalambor, roʻyxatdan oʻting (hisob oching). Soʻngra tanlangan maqolalardan birini tanlang (inglizchadan emas, boshqa tildan tarjima qilmoqchi boʻlsangiz, intervikilar orqali istagan til boʻlimidagi tanlangan maqolalar roʻyxatiga oʻta olasiz). Oʻzingizga maʼqul mavzudagi maqolani tanlaganingizdan soʻng, uni Oʻzbek Vikipediyasida yaratib, tarjima qilishni boshlashingiz mumkin.

Gʻoliblikka daʼvogarlar oʻz foydalanuvchi sahifalarida oʻzlari haqida maʼlumot va ular bilan qanday bogʻlanish mumkinligini koʻrsatishlari zarur.

Birinchi bosqich[manbasini tahrirlash]

Maqola tarjima qilinib boʻlingach, uni avval "Tanlangan maqola" nomzodi oʻlaroq koʻrsatishlari lozim. Oʻsha yerda taqrizdan oʻtib, „Tanlangan maqola“ unvonini olabilgan maqola ikkinchi bosqichga oʻtadi.

Ikkinchi bosqich[manbasini tahrirlash]

Birinchi bosqichdan oʻtgan maqolalar bu sahifada „Oy tarjimasi“ unvoniga nomzod qilib koʻrsatilishi kerak. Oʻsha yerda gʻolib maqola tanlanadi.

Agar savollaringiz paydo boʻlgan boʻlsa, bemalol forumda soʻrang.