Vikipediya:OAV uchun/50K

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekcha English
Oʻzbekcha Vikipediya maqolalari soni 50 mingdan oshdi

Oʻzbekcha Vikipediyada maqolalar soni 2012-yil 8-noyabrida 50 mingtadan oshdi. Ellik minginchi maqola kvadrat tenglamalar haqida boʻldi.

Soʻnggi yil davomida tilimizdagi Vikipediya boʻlimi keskin rivojlanmoqda. Jami Vikipediyalar orasida 60-oʻringa koʻtarildik va faol foydalanuvchilarimiz soni ham asta-sekin oʻsmoqda: shu kungacha 125238 nafar foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan, ulardan 748 nafari faol (yaʼni oxirgi 30 kun ichida kamida bitta tahrir qilgan).

Biroq maqolalarimiz sifati qoniqarli emas. Maqolalarning aksariyati juda qisqa; 258092 ta maqoladan atigi 1500 ga yaqinida matn 8 KB dan oshadi.[1]

Oʻzbekzabon Internet-foydalanuvchilar Vikipediyaga oz boʻlsada hissalarini qoʻshib, Internetdagi mavqeʼimizni mustahkamlashga yordam qilishadi deb umid qilamiz.

  1. Statistika jadvallari; 3,1 % maqolalar 8 KB dan katta.