Vikipediya:Maqola ustaxonasi/Predmet

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2. Predmet
3. Ahamiyat
4. Manbalar
5. Tarkib
6. Tamom

Bu predmet haqida maqola bormi?

Vikipediyada turli hodisa, shaxs va narsalarni yorituvchi 258 695 ta maqola bor. Siz yozmoqchi boʻlgan predmet haqida allaqachon boshqa nom ostida maqola yozilgan boʻlishi mumkin. Mehnatingiz behuda ketmasligi uchun yana bir bora qidirib koʻring.

Bu yerda predmetni qidirib koʻring, topolmasangiz, bu sahifaga qayting.

Predmetingiz ahamiyatga molikmi?

Diqqat

Talablarimizga mos kelmaydigan maqolalar oʻchirib tashlanishi mumkin. Siz yozgan maqola oʻchirilishini istamasangiz, maslahatlarimizga quloq tutib, sifatli maqola yozing.

Biror predmet haqida Vikipediyada maqola mavjud boʻlmasa, u haqida albatta Vikipediyada yozish kerakligini bildirmaydi. Loyihada maqolani qabul qilish-qilmaslik haqida tayinli mezonlar mavjud. Bu kriteriylar ahamiyatga moliklik nomi ostida birlashgan. Predmet ahamiyatga molik yoki emasligini bilish uchun oʻzingizga savol bering: bu predmet haqida maqola Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, Britannica yoki boshqa ensiklopediyalarda paydo boʻlishi mumkinmi? Agar javob „ha“ boʻlsa, Vikipediya ham bunday maqolani qabul qiladi. Aks holda bu sahifaga qarab ish tuting.

Iltimos, quyidagilar haqida maqola yozmang:

  • oʻzingiz (nega?);
  • doʻstlaringiz;
  • musiqa guruhingiz;
  • saytingiz;
  • tashkilotingiz.

Katta ehtimollik bilan bunday maqolalar oʻchirib tashlanadi.


Kim/nima haqida yozmoqchisiz?

Rahmat