Vikipedia: Birinchi bosqich
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
"A" harfi lotin yozuviga asoslangan barcha alifbolarda birinchi harf deb hisoblanadi. Hozirgi "A" harfi qadimgi yunoncha "alfa" va finikiycha "alef" (hozirgi arabcha "alif") harflaridan kelib chiqqan. Unli harflardan biri. Qadimgi Misrda "A" belgisi buqaning boshiga o'xshagani bois, shu ma'noni anglatgan. Miloddan avvalgi 1600 yilga kelib finikiyaliklar alifbosida "A" harfining chiziqli belgisi paydo bo'lgan. Keyinchalik esa ushbu harf yunoncha alifboda ham paydo bo'lib, "alfa" deb nomlangan. Qadimgi italiyaliklar - etrusklar yunonlardan ushbu harfni qabul qilib olib, uni o'zgartirmay saqlab qolishgan va shu tariqa u lotin, keyin esa kirill alifbolarining bosh harfiga aylangan