Vezer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vezer
nemischa: Weser
Tavsif
Uzunligi 451
Suv sarfi 327 m³/s
Joylashuvi
Davlat Germaniya
Vezer


Vezer (nemischa: Weser) — Germaniya shim.dagi daryo, Shimoliy dengizga quyiladi. Verra va Fulda daryolarining Myunden sh. yonida qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Uzunligi 440 km (irmogʻi Verra boshidan hisoblaganda 724 km); eng katta irmogʻi — Aller. Havzasining mayd. 46 ming km2. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Bahorda toshadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi quyi oqimida 312 m3/sek. Kichikroq GESlar qurilgan. Quyilish joyidan yuqoriga tomon kema 529 km masofada (Kassel shahargacha), dengiz kemalari esa Bremen shahargacha qatnay oladi. Elba va Ems daryolari bilan kanallar orqali bogʻlangan. Daryo boʻyida yirik dengiz porti Bremerxafen joylashgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil