Vendetta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vendetta (ital. vendetta — oʻch olish) — Sardiniya va Korsika o. larida oʻldirilgan qarindosh urugʻlari uchun qonli oʻch (xun) olish odati (udumi). Oʻrta dengizda hukmronlik qilishga intilgan Shim. Afrikadagi qabilalar va dengiz qaroqchilarining bosqinchilik yurishlaridan eng koʻp aziyat chekkan Korsika o. aholisi oʻzida jangovarlik va mustahkam oila tuzumi asoslarini saqlab qolgan. Shu tufayli Korsika V. si oʻziga xos xususiyatlarga ega edi. V. xususiy urush turi boʻlib, urugʻ-oilaning manfaatlari yoxud shaʼni yoʻlida amalga oshirilgan. V., odatda, zinokorlarga, aygʻoqchiga nisbatan, shuningdek soxta guvoxlik oqibatida aybsiz shaxs oʻlimga yoki katorgaga hukm etilgan boʻlsa va b. hollarda qoʻllanilgan. Bu holda, odatda, oilaviy kengash chaqirilib yetkazilgan ziyonzahmat, oʻch olish vositalari va hatto yarashish masalalari atroflicha muhokama etilgan. V. masalasi hal qilinsa, uni qay shakl-da va kim tomonidan amalga oshirilishi belgilangan. Odatda, bu ishni bajarish oila shaʼni uchun hayotini qurbon qilishga tayyor boʻlgan boʻydoq yigitlarga yuklatilgan. Raqibga "ehtiyot boʻl" degan mazmunda ogohlantiruvchi belgi joʻnatilgan. Biroq urush eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran ham uzoq muddatli kelishuvga yoʻl qoʻyilgan va bu odatni hech kim, hatto eng ashaddiy korsikalik bandit ham uni buzishga jurʼat qilmagan. V. da turli xil harbiy hiylalar, pistirmalar, yashirin suratda oʻldirib ketish va b. ga yoʻl qoʻyilgan. V. ni amalga oshirgan shaxs koʻpincha bir umrga tinch hayotni tark etib, yoʻltoʻsar, qaroqchiga aylanib ketgan. 17-a. oxiri — 18-a. boshlarida V. tufayli 28 ming qotillik sodir etilgan. 20-a. boshlarida ham mavjud boʻlgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil